Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

BUYUK MUTAFAKKIRGA EHTIROM


Bugun Navoiy viloyati yuridik texnikumida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Dastlab texnikum direktori o'rinbosari D.Murtazayev ulug‘ bobokalonimizning boy ma’naviy merosi, umuminsoniy g‘oyalari haqida ma’ruza qildi va mavzu yuzasidan o'tkazilgan rasm chizish tanlovi g'oliblariga diplomlarni topshirdi.

Yuridik texnikumning iqtidorli o'quvchilari tomonidan g'azallar va sahna ko'rinishlari hamda texnikum ARM tomonidan Navoiy asarlari ko'rgazmasi namoyish etildi.

Buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar kuy qo'shiqlar bilan davom etdi.