Янгиликлар
14
BIR KUNDA 15 NAFAR FUQARONING ISHI HAL ETILDI
Navbahor tuman adliya bo‘limi binosida Navoiy tumanlararo ma'muriy sudining sayyor sud majlislari o‘tkazildi. Sayyor sud majlisida, adliya bo‘limining tomonidan fuqarolarning manfaatlarini yo‘lida kiritilgan 15 ta arizasi to‘liq qanoatlantirilib, fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklab berildi. Bundan tashqari, Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudi sudyalari ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, huquqiy targ‘ibot tadbirlari ham amalga oshirildi.