Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya aksiya


Navoiy viloyatida adliya idoralarining "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida aholiga huquqiy va amaliy ko'mak berish tadbirlari o'tkazilmoqda.

Aksiya doirasida Karmana tumanining "Ko'hnaqo'rg'on", "Talqoq" va "Xo'ja Xisrav" mahallalari aholisining huquqiy masalalari uyma-uy yurib o'rganildi. 

Uyma-uy o'rganish davomida fuqarolar tug'ilish va o'lim to'g'risidagi guvohnomalar olish, muddati o'tgan nikohni rasmiylashtirish, uy-joy kadastr hujjatlarini shakllantirish kabi  masalalarda murojaat qilishdi.

Shohsanam Yoraliyeva ikki nafar nevarasining uyda tug'ilganligi tufayli "metrika" ololmaganligi xususida murojaat qildi. Mazkur muammoli masala hokimlik va tibbiyot tizimi hamkorligida Karmana tumani adliya bo'limi FHDY igorasi tomonidan ijobiy hal etib berildi.

 "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida tumanning 3 ta mahallasida 7 nafar fuqaro ko'p yillar davomida ololmagan o'ziga kerakli bo'lgan hujjatiga ega bo'ldi.