Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya:"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi"


Navbahor tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan hududlarda "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari uyushtirilmoqda. Masalan, Navbahor tumanining  "Paxtakor" mahallasi aholisi uchun fuqarolar va maktab o‘qituvchilariga "Mobile ID", "my.gov.uz" tizimlaridan qanday foydalanish haqida huquqiy tushunchalar berildi. Shuningdek,  yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaligi a’zolariga 30 ta  elektron raqamli imzo kalitlari, 5 ta Mobile ID, 4 ta Kadastr pasporti, 3 ta davlat xizmati ko‘rsatildi.