Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi


Uchquduq tuman Adliya boʻlimi tomonidan  bevosita aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida aholiga huquqiy va amaliy ko'mak berish tadbirlari o'tkazilmoqda.
Uchquduq tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman markazidan uzoq hududda joylashgan "Shalxar" OFY da "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoʻshma qarorning mazmun mohiyati va mazkur qaror bilan belgilangan vazifalari toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.Tadbir yakunida ishtirokchilarga tarqatma materiallar flayer va bukletlar tarqatildi.