Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

HECH BIR SHAXS HUJJATSIZ QOLMAYDI


 Karmana tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi "Paxtaobod", "Bog'ishamol", "Navro'z", "Yangihayot"  mahallalarida uyma-uy yurgan holda hujjatlarida muammosi bor fuqarolarning murojaatlari o'rganildi.

 O'rganishlar natijasida, 12 nafar fuqaroning hujjatlari mavjud emasligi holati aniqlanib, shundan bir nafar fuqaroga tug'ilish haqida takroriy guvohnoma berildi.

 Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda 2 nafar fuqaro qonuniy nikohdan o'tmasdan yashab kelayotganligi hamda 6 nafar fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo'qolganligi holatlari bo'yicha huquqiy ko'mak berish orqali hujjatlari to'planish ishlari boshlandi.

 Xatlov jarayonida fuqarolarga aksiyani targ'ib etuvchi flayer va bukletlar, tarqatma materiallar tarqatildi.