Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Huquqiy intelektual oʻyin


"Televizor tomosha qilgan avlodni kitob o'qiydigan yoshlar boshqaradi",- degan prezidentimiz. Bilimdan qudratliroq kuch yo‘q, bilim bilan qurollangan odam yengilmasdir, deydi dunyo tanigan mashhurlar. Ancha ommalashgan, davlat  darajasi e’tiboridagi «Zakovat» intelektual o‘yini Navoiy viloyati adliya boshqarmasining hududlardagi barcha bo'limlarida yoshlar o'rtasida o'tkazilayotgani e'tirofli.

Tashkil etilgan «Zakovat» intelektual o‘yini orqali Navbahor tumani 9-umumta'lim maktabi yoshlarining eng bilimdoni va eng salohiyatlisi aniqlandi. Bu gal "Zakovat" intelektual o'yini tashabbuskori Navbahor tumani adliya bo'limi bo'ldi. Mazkur o'yin yoshlar o'rtasida huquqiy savodxonlikni yuksaltirish maqsadida o'tkazildi.