Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

13
yangi tayinlovlar

Tuman hokimi Bekzod Bobomurodov tumandagi tegishli rahbarlar bilan uchrashuv davomida tashkiliy masalaga ham to‘xtalib o‘tib, yangi tayinlovlar bilan tanishtirdi.

Jumladan, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Elbek Fayzullayevni, tuman bosh imom xatibi lavozimiga tayinlangan Narzullo Narziyevni va tuman bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimiga tayinlangan Oydin Ravshanovani keng jamoatchilikka tanishtirdi va ularning faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
——————————————
Туман ҳокими Бекзод Бобомуродов тумандаги тегишли раҳбарлар билан учрашув давомида ташкилий масалага ҳам тўхталиб ўтиб, янги тайинловлар билан таништирди.

Жумладан, туман Адлия бўлими бошлиғи лавозимига тайинланган Элбек Файзуллаевни, туман бош имом хатиби лавозимига тайинланган Нарзулло Нарзиевни ва туман бош имом хатибининг хотин-қизлар масалалари бўйича ёрдамчиси лавозимига тайинланган Ойдин Равшановани кенг жамоатчиликка таништирди ва уларнинг фаолиятларига муваффақиятлар тилади.

10
Yoshlar markazida

Yoshlar markazida Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi hamda Navoiy viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida nutq va yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash maqsadida  “Davlat tilida va milliy qadriyatlarga mos nomlardan foydalanish bo‘yicha” targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Ma’lumki, bolaga ism qo‘yish FHDY idorasida ota-onaning roziligiga ko‘ra beriladi. Shu boisdan ism tanlanganda ma’noli va bola ulg‘aygach o‘z ismidan faxrlansin. Bolaning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga kelgusida uning sha’ni va qadrini kamsitishi mumkin bo‘lgan ism berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tadbirda mavzu yuzasidan adliya boshqarmasi mutaxassisi huquqiy tushuncha berdi.

Ushbu uchrashuvda Oliy ta'lim muassasalari boshlang'ich tashkilot yetakchilari, koordinatorlari hamda talabalar ishtirok etdi.

19
“Kinokarvon” loyihasi doirasida 

Navoiy viloyatidagi chegara va chekka hududlarda joylashgan  “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda yashovchi aholi uchun madaniy konsert tadbirlarini o‘tkazish    yuzasidan reja-grafik ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 19-dekabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Uchquduq tuman bo'linmasi tashabbusi bilan  tumandagi “Kokayaz” OFY (chekka va olis hududdagi mahalla) aholisiga “Kinokarvon” loyihasi doirasida  “Ibrat” nomli kinofilm namoyish etildi.  Jami  45 nafar aholi ishtirok etdi.
Навоий вилоятидаги чегара ва чекка ҳудудларда жойлашган  “қизил” ва “сариқ” тоифадаги маҳаллаларда яшовчи аҳоли учун маданий консерт тадбирларини ўтказиш    юзасидан режа-график ижросини таъминлаш мақсадида жорий йилнинг 19-декабр куни Республика Маънавият ва маърифат маркази Учқудуқ туман бўлинмаси ташаббуси билан  тумандаги “Кокаяз” ОФЙ (чекка ва олис ҳудуддаги маҳалла) аҳолисига “Кинокарвон” лойиҳаси доирасида  “Ибрат” номли кинофилм намойиш этилди. Жами  45 нафар аҳоли иштирок этди.

19
“Taraqqiyot qomusi" mavzusida o‘quv mashg‘uloti

Beshinchi mintaqaviy hudud 11-son jazoni ijro etish koloniyasida xizmat olib borayotgan xodimlar bilan Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi mutaxassisi I.Ashurov ishtirokida “Taraqqiyot qomusi" mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida taraqqiyotimiz va erkin hayotimiz kafolati bo‘lmish bosh qomusimizning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.

18
Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani

Soʻnggi 7 yilda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishning mutlaqo yangi tizimi yoʻlga qoʻyildi. Ushbu tizim xalqimizning ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilishga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani 2017—2024-yillar davomida davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalarga bagʻishlandi.

18
Navoiy shahar “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda yashovchi aholi uchun huquqiy- madaniy targ'ibot tadbirlarini o'tkazildi.

Navoiy shahar  “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda yashovchi aholi uchun huquqiy- madaniy targ'ibot  tadbirlarini o'tkazildi.
  
Targ'ibot tadbiri Navoiy shahar Adliya bo`limi va shahardagi tashkilotlar ishtirokida "sariq" toifaga kiritilgan “Zarafshon” MFY hududida tashkil etildi.  

Tadbirda Adliya bo‘limi tomonidan mahalla ahli uchun  qonunchilikdagi yangiliklar  inson huquq va erkinliklari himoyasi, ushbu yo‘nalishda qonunchilikni yanada rivojlantirish masalalari, inson huquq-erkinliklarini himoya qilishda nazoratni amalga oshiruvchi organlarning roli yuzasidan tushuntirishlar berilib  ishtirokchilarga korrupsiya millat zavoli ekanligi unga faqat birgalikda kurashishimiz lozimligi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hissini shakllantirish yo‘nalishida tegishli tushunchalar berib o‘tildi.

18
Assalomu alaykum, qadrli qiziltepaliklar, aziz ustozlarim.

Assalomu alaykum, qadrli qiziltepaliklar, aziz ustozlarim.

Bugun Qiziltepada tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i sifatidagi faoliyatimni yakunlar ekanman, o‘tgan davr mobaynida men bilan yelkama-yelka turib, tumanda yagona huquq siyosatni yuritishda xizmat qilgan barcha hamkasblarimga o‘zimning samimiy minnadorligimni bildiraman.

Qariyb 7 yil davomida Siz, aziz Qiziltepa ahli bilan ishlaganimdan xursandman. Mehnatda sinalgan, qadri baland, tanti bu yurt insonlari mening  hayotimda o‘zining unutilmas o‘rniga ega.

Faoliyatim davomida ushbu xalq orasida kimningdir og‘irini yengil, biror muammosini hal qilib, xursand qila olganimni o‘ylab yanada g‘ururlanaman.

Shu o‘rinda, faoliyatim davomida meni qo‘llab-quvvatlagan barcha tuman ahliga ta’zimdaman. Umrimning o‘tgan bu 7 yili aslo yodimdan chiqmaydi va bu onlarni doimo eng faoliyatimdagi eng yaxshi yillar sifatida qadrlayman.

Barchangizni xonadonlaringizga tinchlik, xotirjamlik, o‘zingizga sihat-salomatlik tilayman.

Barchangizga katta rahmat!

Abduvali ASADOV

18
Navbahor tumani hokimligi kichik majlislar zalida tashkiliy yig'ilish o'tkazildi.

Navbahor tumani hokimligi kichik majlislar zalida tashkiliy yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda tuman Adliya bo'limida faoliyat yuritgan Elbek Fayzullayev Qiziltepa Adliya bo'limi boshlig'i lavozimiga ishga o'tganligi sababli Qiziltepa tumani Adliya bo'limi boshlig'i Abduvali Asadov Navbahor tumani Adliya bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Tashkiliy yig'ilishda tuman hokimi Azamat O'roqov, tuman xalq qabulxonasi mudiri Ilhom Razzoqov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Uyg'un Shukurov, tuman soliq inspektsiyasi boshlig'i Sherali Berdiyevlar, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillar, nuroniylar vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu yig'ilishda  Asadov Abduvali Toshovichga tuman aholisini roziligini olishdagi faoliyatiga  yuksak ishonch bildirildi.

17
Rossiyalik ishbilarmon G’ozg’onda 20 daqiqada xorijiy korxonasiga asos soldi.

Rossiyalik ishbilarmon G’ozg’onda 20 daqiqada xorijiy korxonasiga asos soldi.

Ma’lumki, qaysi bir investor kelmasin, u albatta o‘z biznesini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Demak, xorijlik ishbilarmonning birinchi galda kiradigan manzili bu Davlat xizmatlari markazidir. G’ozg’on shahar adliya bo‘limi  Davlat xizmatlari markazidan rossiyalik investor MIXAIL MOXOV "ATLANT STONE" MCHJni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu hamkor tog'-kon sanoatida marmar va granit toshlariga ishlov berishni yo'lga qo'ymoqchi.

Markazda investorga "yashil yo‘lak" tamoyili asosida xizmat ko‘rsatildi.

17
Huquqiy- madaniy targ'ibot tadbirlari

Navoiy viloyatidagi chegara va chekka hududlarida joylashgan va “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda yashovchi aholi uchun huquqiy- madaniy targ'ibot  tadbirlarini o'tkazish rejasiga muvofiq tadbirlar tumandagi mahallarda start oldi.
  
Bugungi targ'ibot tadbiri Uchquduq tuman Adliya bo`limi va tumandagi tashkilotlar ishtirokida "sariq" toifaga kiritilgan “Do‘stlik” MFY hududida tashkil etildi.  

Tadbirda Adliya bo‘limi tomonidan mahalla ahli uchun  qonunchilikdagi yangiliklar  inson huquq va erkinliklari himoyasi, ushbu yo‘nalishda qonunchilikni yanada rivojlantirish masalalari, inson huquq-erkinliklarini himoya qilishda nazoratni amalga oshiruvchi organlarning roli yuzasidan tushuntirishlar berilib  ishtirokchilarga korrupsiya millat zavoli ekanligi unga faqat birgalikda kurashishimiz lozimligi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hissini shakllantirish yo‘nalishida tegishli tushunchalar berib o‘tildi.