Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

28
Адлия тарғибот

Адлия тарғибот

28
“TARG‘IBOT POYEZDI” - “MAFTUNKOR RANGLAR JILOSI”DA!

“TARG‘IBOT POYEZDI” - “MAFTUNKOR RANGLAR JILOSI”DA!

27
TADBIRKOR VA ISHBILARMONLAR DIQQATIGA!!!

TADBIRKOR VA ISHBILARMONLAR DIQQATIGA!!!

25
HUQUQIY MARIFIY BILIMDON

HUQUQIY MARIFIY BILIMDON

24
Adliya faoliyatidan

Elektr, issiqlik energiyasi va gazdan foydalanishda qonunchilik talablarini bilasizmi?                                                                                                 

24
Xalqaro e'tirof: Adliya vazirligi davlat boshqaruvi sohasida eng namunali vazirlik

Xalqaro e'tirof: Adliya vazirligi davlat boshqaruvi sohasida eng namunali vazirlik

02
Milliy qadriyatlar kuni

Milliy qadriyatlar kuni

02
SAYLOV QONUNCHILIGI TARG‘IBOTI

SAYLOV QONUNCHILIGI TARG‘IBOTI

02
NAVOIY ADLIYA: “SMART OFIS” TIZIMI AMALDA

NAVOIY ADLIYA: “SMART OFIS” TIZIMI AMALDA

01
KONIMEXLIKLAR MUROJAATI TINGLANDI

Konimex tumanida adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o'rinbosari Z.Farmanovning sayyor qabuli tashkil etildi.
Aytib o‘tish kerak, Konimex Navoiy viloyatning  ko‘p millatli hududlaridan biri hisoblanadi.Bu yerda aholining asosiy qismini qaraqalpoq, qazoq va o‘zbek millatiga mansub fuqarolar tashkil etadi.Qabul davomida ham turli millat va soha vakillari bir qator masalalarda mas’ullarga yuzlanishdi.
Xususan, ish haqini undirish, nogironlikni belgilash, uy-joy ta’minoti, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish,bandlik, mehnat va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq bir qator masalalar e’tibor markazida bo‘ldi.
Dildora Izzatova tumandagi “Yuksalish” mahallasida istiqomat qiladi.Bir paytlar chet elga ishlashga ketgan turmush o‘rtog‘i chegaradan o‘tayotganda buyumlari qatori pasport hujjatlarini ham o‘g‘irlatgan.Shundan buyon oila boshi ishsiz. Ayolning 0,5 stavkadagi ish haqi evaziga qora qozon qaynab turibdi.Murojaat o‘z joyida o‘rganilib, fuqaroga avvalo, turmush o‘rtog‘ining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha dastlabki harakatlar amalga oshirildi.
Sarvinoz Davlatova esa bugungi kunda yolg‘iz ona.Turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng yashash joyi bilan bog‘liq kadastr muammolari yechimida qator qiyinchiliklarga uchramoqda.Tadbir joyida fuqaroning masalasi tahlil etilgach, kadastr hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirib berish uchun ayolga davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Ma’lumot uchun aytib o‘tish joiz, bugungi kunga qadar Konimex tuman adliya bo‘limiga 300 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Ularning 87 foizi ijobiy qanoatlantirilib,qolganlari tegishliligiga ko‘ra davlat tashkilotlariga yo‘naltirilgan.Fuqarolarga 1000 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.Shuningdek, tumanda joriy yilning shu davriga qadar 355 nikoh, 145ta ajrim, 38 ta o‘lim holati va 181 ta otalikni belgilash qayd etilgan.