Yangiliklar
Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada oson bo'ladi!
Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.
Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakov 26—27-sentabr kunlari Navoiy hamda Samarqand viloyatlaridagi tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari bilan uchrashdi.
Navoiy viloyati yuridik texnikumiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun imtihon sanasi aniq bo'ldi!
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarni kasbga yoʻnaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida amaliy va manzilli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugungi kunda mingdan ortiq yoshlarning huquqiy muammolarini ijobiy hal etishga erishildi. Mazkur lavhada karmanalik yoshlar hayotidan misol.
Uchquduq tuman adliya bo'limi, xodimlari tomonidan tuman markazidan 70 km uzoqlikda joylashgan "Mingbuloq" OFY da targ'ibot tadbirlari o'tkazilib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolar o'rganildi.
Navoiy viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni yaratishga ko‘maklashish maqsadida, muhim seminar tashkil etildi. Prezidentimizning "Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan ushbu seminar tadbirkorlik subyektlarini mazkur qarorning mazmun-mohiyati bilan tanishtirishga qaratildi.