Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

31
NAVOIYLIKLAR MUROJAATI ADLIYA E’TIBORIDA

 Navoiy shahridagi “Bunyodkor” mahallasi hududida adliya boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli tashkil etildi.Qabulda sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, davlat tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdilar.
Muloqotda nainki “Bunyodkor” balki, qo‘shni mahalla fuqarolari ham qatnashib masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar olishdi.
 Bunda ayniqsa, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, alohida nazoratda turgan yoshlar murojaatlari alohida tartibda o‘rganilib, ularning bandlik, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit olish, oliy ta’limga o‘qishga kirish va oilaviy munosabatlar yuzasidan muammolariga o‘z joyida yechim topildi.
 “Bunyodkor” mahallasi fuqarosi Sitora Rajabova 24 yoshda. U ayni paytda yolg‘iz ona. Oilada iqtisodiy qiyinchiliklar borligi uchun ishga chiqishga majbur. Fuqaro 2 yoshli farzandini imtiyoz asosida maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish va bandligini ta’minlashda amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qildi.Mavjud vaziyat tahlil etilib, fuqaroning farzandi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirilishi uchun yo‘llanma tayyorlanib, unga davlat xizmatlari ko‘rsatildi.Shundan so‘ng, o‘zi uchun ber nechta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.
“Yoshlar daftari” ga kiritilgan Zarif Kenjayev esa IT sohasida tahsil olayotgani va mazkur yo‘nalishda ish faoliyatini tashkil etish maqsadida zamonaviy kompyuter jamlanmasi olishda amaliy yordam so‘radi.Fuqaroning murojaati tegishli tartibda o‘rganilib, qonuniy qanoatlantirib berildi.
Bundan tashqari, qabulda nikohdan o‘tish istagida bo‘lgan yoshlarning arizalari onlayin qabul qilinib, shahar FHDY bo‘limiga ariza topshirgan yoshlarning nikoh guvohnomalari joyida topshirildi
 Shuningdek,sayyor qabul jarayonida  uy-joy ta’minoti, ta’lim, tadbirkorlik yo‘nalishlarida krediti olish, davolanish uchun pul mablag‘i olish, sud-huquq masalasi, uy-ta’miri, ishga joylashish  kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. 
Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilinib, ayrimlari tegishliligiga ko‘ra yo‘naltirildi. 

Bundan tashqari, qabul mobaynida mobil ofis orqali aholiga sayyor tartibda FHDY va davlat xizmatlari ham koʼrsatildi.

27
Yoshlar bilan muloqot

Yoshlar bilan muloqot

27
MAHALLALARDA ONLAYN O‘QUV

MAHALLALARDA ONLAYN O‘QUV

26
Adliya aksiya

Adliya aksiya

26
NAVOIYDA “O‘ZIMIZ KELDIK” AKSIYASI DAVOM ETMOQDA

NAVOIYDA “O‘ZIMIZ KELDIK” AKSIYASI DAVOM ETMOQDA

25
Saylov kodeksiga majoritar, proporsional saylov tizimini kiritish taklif etilmoqda.

Saylov kodeksiga majoritar, proporsional saylov tizimini kiritish taklif etilmoqda.

25
O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tish taklif etilmoqda. Bu nima degani o‘zi?

O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tish taklif etilmoqda. Bu nima degani o‘zi?

25
Taraqqiyot strategiyasi

taraqqiyot_strategiyasi

25
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!

24
O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to'g'risida" Qonun qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to'g'risida" Qonun qabul qilindi.