Yangiliklar
Navoiy viloyat prokurori, Adliya hamda Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari ishtirokida Yoshlar kuni munosabati bilan bugun Navoiy shahridagi "Yoshlar" sport majmuasida velomarafon hamda milliy sport o'yinlari o'tkazildi.
Nizoli oilalarni yarashtirish yo`lida adliyaning ko`magi beqiyos.
⚖️ "Ijtimoiy profilaktika haftaligi" va har haftaning chorshanba kuni "Yosh oilalar bilan ishlash kuni" doirasida Navbahor tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi tomonidan PQ-1 va "Nizoli oilalar bilan ishlash" doirasida Navbahor tuman adliya bo'limi va FHDY organi xodimlari tomonidan Navbahor tumani "Oila maskani"da nizoli oilalar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
✅ Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi.
urota tumanida "Ijtimoiy profilaktika haftaligi" doirasida mahallardagi nizoli oilalar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.
???? Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Bobomurodova, viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi xotin-qizlar bo‘yicha mas’ul G.O‘sarova, tuman Adliya bo‘limi bosh
Nurota tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Isroilov boshchiligida “Sentob” MFYda fuqarolar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi hamda aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.
✅ Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ-1-son qarori ijrosini amalga oshirish yuzasidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi. Ayniqsa kiber va chorva mollari o‘g‘irligi jinoyatlarining oldini olishda aholining huquqiy ongi, fuqarolik masʼuliyatini oshirish borasida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga "E'tirof" aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi. Bundan tashqari jismoniy va yuridik shaxslardan Prezident virtual va xalq
Uchquduq tuman adliya bo'limi tomonidan nizoli oilalar bilan individual tarzda ijtimoiy profilaktik suhbatlar tizimli ravishda olib borilishi, ularning oilaviy muammolarini ijobiy hal etishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
⭐Jumladan, tuman adliya bo'limiga biriktirilgan oila bilan o'tkazilgan shu kabi tadbirlar natijasida, oilani yarashtirishga erishildi. Oiladagi kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan sabablar tahlil qilinib, ularni oldini olish, sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan huquqiy, psixologik va ijtimoiy tavsiyalar berildi.
Yoshlar bilan ochiq muloqotda Ma'muriy va jinoyat kodeksiga asosan tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida reklama qilish, namoyish etish, tarqatishning salbiy oqibatlari tushuntirildi.
✅Xususan, Nurota tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy ongi va ogohligini oshirish, ularni turli zararli illatlardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Yakunda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi bilan “ENG YAXSHI HUQUQ O‘QITUVCHISI” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish an’anaga aylandi. Mazkur bellashuvning Navoiy viloyat bosqichi joriy yilda Navoiy shahridagi 23-umumta’lim maktabida tashkil etildi.
✅Tadbirda tanlovning tuman, shahar bosqichlari g‘oliblaridan 30 dan ortiq huquq fani o‘qituvchisi ishtirok etishdi.
✅Dastlabki saralash bosqichi test shaklida o‘tkazildi. Test sinovida eng yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilar tanlovning keyingi shartida kuch sinashdilar.
✅“Blis savollar” deb nomlangan mazkur bosqich o‘qituvchilarning huquqqa oid bilmlari, hozir javobligi va tasodifiy vaziyatlarga shayligini elakdan o‘tkazildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
✅Navbatdagi bosqich huquqiy sohada mavjud tizimli muammolar va ularning yechimi yuzasidan muqobil takliflar tayyorlash sharti. Bunda ishtirokchilar nainki fanga oid bilm va ko’nikmalari balki, siyosiy dunyoqarashi, ijtimoiy faolligini ham namoyish etishdi.
Aytib o’tish joiz mazkur bellashuv O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi 80-son farmoni ijrosi yuzasidan tashkil etilmoqda. Bunda huquq fani oʻqituvchilarining
“ZO`RAVONLIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
➡️Navbahorda yoshlar bilan ochiq muloqot: Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida reklama qilish, namoyish etish, tarqatishning salbiy oqibatlari tushuntirildi.
????Xususan, Navbahor tumanidagi 29-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy ongi va ogohligini oshirish, ularni turli zararli illatlardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
????Yakunda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
???? Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Adliya boshqarmasi tomonidan Navoiy garnizonidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Korrupsiyaga oid jinoyatlarga qarshi kurashishda harbiy jamoaning о‘mi va roli” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
????Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati, shuningdek korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlik choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
????Tadbir yakunida “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 16 апрелда қабул қилинган “9 май – Хотира ва қадрлаш кунига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-139-сонли қарори юртимизда тарихий хотирани асраш, аждодлар жасоратини улуғлаш ҳамда ёш авлодни ватанпарварлик руҳида тарбиялашга қаратилган муҳим ҳужжатлардан биридир. Мазкур қарор ижросини таъминлаш доирасида жойларда турли маънавий-маърифий тадбирлар ташкил этилмоқда.
????Шу муносабат билан Навбаҳор туманида иқтидорли ўқувчилар ўртасида “Бурч, жасорат, матонат” шиори остида иншолар танлови ташкил этилди. Ушбу танловнинг асосий мақсади — ёшларнинг қалбида Ватанга муҳаббат, миллий ғурур ва тарихий хотирага ҳурмат туйғуларини янада мустаҳкамлаш, уларни мустақил фикрлашга ундашдан иборат.
????Танловда иштирок этган ўқувчилар ўз иншоларида юртимиз тинчлиги ва осойишталиги йўлида жон фидо қилган аждодларимизнинг қаҳрамонлиги, бугунги кунда Ватан равнақи учун хизмат қилаётган инсонларнинг жасорати ҳақида самимий фикр-мулоҳазаларини баён этдилар. Айниқса, “бурч” тушунчасининг инсон ҳаётидаги ўрни, “жасорат” ва “матонат” каби юксак инсоний фазилатларнинг аҳамияти чуқур ёритилди.
⚪️Танлов жараёни адолатли ва шаффоф мезонлар асосида баҳоланиб, энг яхши ишлар саралаб олинди. Ғолиб ва фаол иштирокчилар муносиб рағбатлантирилди. Бу эса ўқувчиларни янада изланишга, ижод қилишга ва ўз устида ишлашга ундайди.
⚪️Бундай маънавий-маърифий тадбирлар ёш авлодни баркамол инсон этиб тарбиялашда, уларнинг қалбида Ватан тақдирига дахлдорлик ҳиссини шакллантиришда муҳим аҳамият касб этади. “Бурч, жасорат, матонат” шиори остида ўтказилган мазкур иншолар танлови ҳам ана шундай эзгу мақсадларга хизмат қилди.
⚪️Хулоса ўрнида айтиш мумкинки, Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан ўтказилаётган бундай тадбирлар халқимизнинг бой тарихи ва буюк қадриятларини ёш авлодга етказиш, уларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашда муҳим ўрин тутади.