Yangiliklar
Karmana tuman adliya bo'limi DXMda yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Navbahor tumanida yangi tashkil etilgan "Kelajak markazi"da rahbar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
21 yoshga to‘lganda birinchi marta nikohdan o‘tgan yosh oilalarga qo‘shimcha imtiyozlar joriy etilmoqda...
2027-yildan boshlab har ikkala tomon ham 21 yoshga to‘lganda birinchi marta nikohdan o‘tgan yosh oilalarga qo‘shimcha imtiyozlar va boshqa qo‘llab-quvvatlashlar joriy etilishi Prezident farmonida belgilab o'tilgan.
????Viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlar birlashmasida adliya boshqarmasi hamkorligida mamlakatimiz rahbarining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
????Tadbirda hujjat mazmun-mohiyati, xususan erta nikoh, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish, farzandi uch yoshgacha bo‘lgan yosh onalar uchun ta’lim olishda qo‘shimcha imkoniyatlarning joriy etilgani xususida so‘z yuritildi.
????Bundan tashqari, nikoh shartnomasini tuzgan nikohlanuvchi shaxslarga nisbatan nikohni qayd etganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilish tartibi qo‘llanilishi, voyaga etmaganlar bilan nikoh tuzishga da'vat etganlik (tushuntirganlik), shuningdek bunday nikohlarni targ'ib qilganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilanganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Nizoli oilalarni yarashtirishning yangi usuli-baxt formulasi yaratildi.
⚖️ "Ijtimoiy profilaktika haftaligi" va har haftaning chorshanba kuni "Yosh oilalar bilan ishlash kuni" doirasida Navbahor tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi tomonidan PQ-1 va "Nizoli oilalar bilan ishlash" doirasida Navbahor tuman adliya bo'limi va FHDY organi xodimlari tomonidan Navbahor tumani "Oila maskani"da nizoli oilalar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
✅ Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi.
➡️Bugun Xolmurodov va Jo`rayevlar oilasida quvonchli kun. Sababi ular yana bir baxtli oilalar qatoriga qo`shildi.
???? Zero, er-xotinlarni yarashtirishda va ularni baxtli manzil sari etaklashda adliyaning ko`magi beqiyos. Bu dargohdan ko`mak so`rayotganlar soni ortib bormoqda.
Adliya boshqarmasi tomonidan Navoiy viloyati Savdo-sanoat palatasida tadbirkorlik subyektlari uchun tovar belgisiga talabnoma topshirishda uslubiy yordam koʻrsatish va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash yuzasidan hamkorlikni kuchaytirishga bagʻishlangan seminar-trening o'tkazildi.
tadbirda tadbirkorlik subyektlariga o‘z brendiga ega bo‘lish hamda uning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbir davomida tadbirkorlar intellektual mulk sohasiga oid savollarga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Zarafshon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Prezidentning 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmoni mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda mutasaddilar va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shahardagi mahallalarda tashkil etilgan targ'ibot guruhi a'zolariga ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Har bir murojaat — e’tiborda.
✅ Har bir insonning murojaati ortida uning hayotiga daxldor muhim masalalar, kundalik tashvishlar va yechimini kutayotgan muammolar mujassam. Ba’zan bu oddiy maishiy masala bo‘lishi mumkin, ba’zan esa yillar davomida hal etilmagan murakkab muammo. Shu bois murojaatlarga befarq qaramaslik, ularni chuqur o‘rganib, adolatli yechim topish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
????Murojaat qachon qanoatlantirilgan deb hisoblanadi? Albatta, u belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, unda ko‘tarilgan har bir masalaga asosli va aniq javob berilgandagina. Bu jarayonda mas’ul xodimlardan yuksak mas’uliyat, halollik va fidoyilik talab etiladi. Shu bilan birga, murojaat qiluvchi fuqarolardan ham murojaat madaniyatiga rioya qilish, masalani aniq va asosli bayon etish muhim ahamiyat kasb etadi.
????Bugungi kunda davlat idoralari rahbarlari tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazilishi ana shu maqsadga xizmat qilmoqda. Bunday uchrashuvlar orqali aholining dardi bevosita eshitilib, muammolar joyida o‘rganiladi va tezkor choralar ko‘riladi.
✅ Navbahor tumanida ham ana shunday sayyor qabul tashkil etildi. Tuman adliya bo`limi boshlig`i Abduvali Asadov boshchiligida mas`ul tashkilotlar bilan hamkorlikda “Burqut” mahallasi hududida o‘tkazilgan mazkur qabulda aholi vakillari faol ishtirok etdi.
????Qabul davomida 30 nafardan ortiq fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etib, ularning har biri mutasaddi rahbarlar tomonidan diqqat bilan tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar joyida o‘rganilib, tegishli tashkilotlar mas’ullariga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, boshqalari yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida yechim topish choralari belgilandi.
????Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday sayyor qabullar nafaqat muammolarni hal etish, balki davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega. Odamlarning dardini eshitish, ularga befarq bo‘lmaslik, og‘irini yengil qilishga intilish — bu rahbar kadrlar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
Joriy yilning 17-aprel kuni Uchquduq tuman oila maskanida tuman adliya bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, mahalla nuroniylari, otinoyilar, mahalla xotin-qizlar faollari hamkorligida 6 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi.
????Tadbir davomida oilaviy muammolar tahlil qilinib, oilaviy totuvlik va oila muqaddasligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Natijada, 2 ta oila yarashtirildi, qolgan 4 ta oilaga esa
Navoiy shahridagi Kasbiy ta’limga o‘qitish markazida mamlakatimiz rahbarining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son farmon mazmun-mohiyati yuzsidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
????Tadbirda, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish holatlarining (erta nikoh) oldini olishga erishish, moliyaviy mustaqillikka erishgan va oila qurishga har tomonlama tayyor bo‘lgan yoshlar o‘rtasida nikoh tuzishni rag‘batlantirish, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimini takomillashtirish orqali ularning sonini keskin qisqartirish haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, farmonga ko‘ra 2027 yildan har ikkala taraf kamida 21 yoshga to‘lganda 1-marotaba nikoh tuzgan yosh oilalar uchun davlat tomonidan qo‘shimcha imtiyoz va boshqa shakldagi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etilishi, aytib o‘tildi.
Tomdi tuman adliya bo'lim hamda hamkor tashkilotlar tomonidan PQ-1-son Qaror va "Nizoli oilalar bilan ishlash tizimi" doirasida mahalardagi nizoli oilalar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi.