Yangiliklar
????Uchquduq tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro K.T ning murojaati ko‘rib chiqildi, fuqaro o‘z murojaatida soliq orgalari tomonidan 3 yillik soliq miqdori 3 karra oshirilgan holatda hisoblanganligini, biroq fuqaroning yashash manzilidagi uy-joyi unga qonuniy asosda tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini bildirib, ushbu qarzdorlikni olib tashlashda amaliy yordam so‘ragan.
????O‘rganishlar natijasida fuqaroning yashash manzili huquqlarni e’tirof etish tizimiga asossiz kiritilganligi natijasida soliq inspeksiyasi tomonidan asossiz soliq hisoblanganligi aniqlandi.
✅Tuman adliya bo‘limi tomonidan qo‘llanilgan ta’sir choralaridan (taqdimnoma) so‘ng fuqaroning yer uchastkasi va undagi qurilmalari tizimdan chiqarilishiga hamda asossiz hisoblangan 2 mlnga yaqin soliq qarzdorligi bekor qilinishiga erishildi.
????Rajabbek shu yil 23 bahorni qarshiladi. Amalda uning oilasi, farzandlari bor. Ammo bu oila ham, yigitning o'zi ham shu kunga qadar biror hujjatda qayd etilmagan edi.Unda hatto tug'ilganlik guvohnomasi bo'lmagan.Na onadan, na otadan darak bor.Tibbiy ma'lumotnoma ham risoladagidek emasdi. Karmana tuman adliya bo'ldimi FHDY organiga qilingan murojaatdan so'ng holat o'rganilib, murojaat ijobiy hal etib berildi.
- Ammamni qo'lida katta bo'ldim. U kishi meni faqat boqdilar shaxsimni tasdiqlovchi hujjatim bo'lmagan. Shuning uchun o'qiyolmadim ham. Tug'ilganlik guvohnomamni oldim 23 yillik armonim ushaldi.Endi passport olib birinchi o'rinda o'qishga topshirmoqchiman.Endi yo'lim ochildi.-deydi Rajab Nazarov
Навбаҳор туманида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 3 мартдаги ПФ-33-сонли Фармони ижросини таъминлаш, мақсадида тарғибот тадбири ташкил этилди.
Мазкур тадбирда Навбаҳор тумани тиббиёт бирлашмасига қарашли оилавий шифокорлик пунктлари ва оилавий поликлиникалар ҳамширалари фаол иштирок этдилар. Унда туман ҳокими ўринбосари–оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Г. Эргашева ҳамда адлия соҳаси ходимлари иштирок этиб, Фармоннинг асосий йўналишлари, мақсад ва вазифалари ҳақида атрофлича маълумот бердилар.
Тадбир давомида Фармонда белгилаб берилган устувор вазифалар, хусусан,хотин-қизларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, уларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш каби масалаларга алоҳида эътибор қаратилди.
Тадбир жараёнида очиқ мулоқот ташкил этилиб, берилган саволларга батафсил жавоблар қайтарилди.
Тадбир якунида иштирокчилар мазкур Фармоннинг мазмун-моҳиятини ўз фаолиятида кенг қўллаш, аҳоли ўртасида тарғибот қилиш борасида келишиб олдилар.
Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni ezgu an'analar, mehr-oqibat va birdamlik timsoli bo'lgan Navro'z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Navro'zi olam har bir inson, har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, yaxshilik va fayzu baraka olib kelsin!
Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi hamkorligida Adliya boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokidagi mazkur tadbirda soha masʼulllari viloyat Adliya boshqarmasi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, joriy etilayotgan yangiliklar, murojaatlar, aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasida maʼlumot berdi.
???? Navbahor tumani adliya bo'limi boshligi "Chorvoqguzar" , "Yangiobod", "Keskanterak" mahallasida joylashgan maktablar oquvchilari o`rtasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqida ilgari surilgan tashabbus va imkoniyatlar haqida ochiq muloqotlar tashkil etildi.
???? Shuningdek, tadbir davomida internet va axborot makonida xavfsizlikni taʼminlash, aholi orasida kiberxavfsizlik madaniyatini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongi va masʼuliyatini yuksaltirish masalalari ham muhokama qilindi.
➡️ Tadbir davomida ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoqlarda ongli faollikni shakllantirish, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, soxta (feyk) axborotlardan ehtiyot boʻlish hamda kiberhujumlardan himoyalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.
????Навбаҳор тумани ҳокими ўринбосари, оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Г. Эргашева ҳамда адлия ходимлари масъуллари томонидан Навбаҳор тумани “Болалар фтизиатрия сихатгоҳи”да Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 3 мартдаги ПФ-33-сонли Фармони мазмун-моҳияти юзасидан тарғибот тадбири ўтказилди.
✅Тадбир давомида мазкур Фармон орқали аёллар ва болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш, уларга нисбатан тазйиқ ва зўравонлик ҳолатларининг олдини олиш борасида белгиланган устувор вазифалар ҳақида атрофлича тушунчалар берилди.
????Шунингдек, иштирокчиларга ҳуқуқий билимларини ошириш, ўз ҳуқуқларини билиш ва ҳимоя қилиш муҳимлиги таъкидланди. Тадбир савол-жавобларга бой тарзда ташкил этилди.
????Бундай тарғибот ишлари аҳоли, айниқса хотин-қизлар ўртасида ҳуқуқий онг ва маданиятни юксалтиришга хизмат қилмоқда.
⚖️ Navoiy viloyat adliya boshqarmasida o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” munozaralarga boy o‘tdi.
❤️ Muloqotda yoshlar uchun “Huquq laboratoriyasi” tashkil etish taklifi bildirildi.
Men shu yil Navoiy davlat universitetiga shartnoma asosida o’qishga qabul qilindim. Ayni paytda huquq yo’nalishida tehsil olayapman, maqsadim huquqshunos bo‘lish. Adliya boshqarmasiga ikkinchi marotaba rahbar bilan uchrashuvga kelayapman. Biz universitetda nazariy bilmlarni o‘zlashtirayapmiz, huquq sohasidagi amaliyot biz uchun adliya organlarida ko‘rishimiz, o‘rganishimiz mumkin. “Huquq laboratoriyasi” taklifida aynan amaliyot va nazariyani integratsiya qilish maqsadi ko‘zlandi -deydi universitet talabasi.
❤️ Shuningdek, muloqot mobaynida yoshlar adliya organlari va bojxona tizimidagi yangiliklar, sohalarga joriy etilayotgan IA tizimi, ishga qabul qilish, malakali kadrlar tanlovida e’tibor qaratiladigan muhim jihatlar e’tibor markazida bo‘ldi.
⚖️ Navbahor tuman, Qiziltepa tuman hamda Zarafshon shahar adliya bo'limlari tomonidan mahallalarda, ta'lim hamda jazoni ijro etish muassasalarida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tadbiri doirasida mamlakatimizda yoshlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ochiq muloqotlar tashkil etildi.
❤️Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini
Matbuot anjumani doirasida tashkil etilgan sud-ekspertiza va arxiv hujjatlari povilionida OAV hamda jamoatchilik vakillari viloyatimiz tarixini o'zida aks ettirgan noyob arxiv hujjatlar va ekspertlarning ish faoliyati bilan yaqinda tanishdilar.