Yangiliklar
Mazkur huquqiy oylik doirasida Nurota va Karmana tumanida yashovchi fuqarolar va mahalla yettiligiga mulk huquqi hamda uning kafolatlari bo'yicha huquqiy tushuntirish ishlari amalaga oshirilib, sohaga oid 100 ga targ'ibot materiallari tarqatildi.
Huquqiy oylikning maqsadi quyidagilardan iborat:
????mulk huquqi kafolatlari xususida huquqiy tushuntirish ishlari;
????ommaviy sayyor qabullar tashkil etiladi;
????mahallalarda, mehnat jamoalarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovnomalar tashkil etiladi;
????kadastr organlari tomonidan Qonunga zid ravishda qo‘llanilgan ma’muriy jazo choralarini bekor qilishga ko‘maklashish;
????auksion orqali realizatsiya qilingan yer uchastkalari bo'yicha yuzaga keladigan nizolarni hal etish;
????fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, ularga amaliy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatiladi;
????huquqiy targ‘ibot materiallari — videoroliklar, infografikalar, buklet va flayerlar tarqatilishi.
Kiberjinoyatchilik hamda onlayn firibgarlik ortidan hozirgi kunda ko'plab fuqarolarimiz soniyalar ichida o'z mablag'lari va omonalaridan ayrilib qolishmoqda...
Shunga ko'ra, firibgarlar va kiberjinoyatchilar tuzog’iga tushib qolmaslik uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling:
Foizsiz kredit yoki oson boyib ketish aldovlariga ishonmang va ularga pul tashlab bermang;
Shubhali bo‘lgan qo‘rg‘iroqlarga umuman javob bermang;
Sizga telefon qilgan bank yoki boshqa tashkilot xodimi sifatida o‘zini tanishtirgan shaxslarga bank hisob raqamlaringiz yoki omonatlaringiz to‘g‘risidagi ma’lumotlaringizni bermang;
Ilovalarni rasmiy manbalardan oling;
Shaxsiy akkountingizni ikki bosqichli parollar bilan himoyalang;
Telegram orqali kelgan APK (virus) fayllarni zinhor ocha ko‘rmang;
Notanish va shubhali havolalarni ochmang va ularni tarqatmang;
Sizning telefoninggizga kelgan SMS tasdiqlash kodlarini hech kimga aytmang.
Навбаҳор туман "Оила маскани"да туман ҳокими ўринбосари, Оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Г.Эргашева ва масъуллар билан биргаликда низоли ва ажрим ёқасидаги яраштириш мухокамаси бўлиб ўтди.
Жараёнларда оилаларнинг ўзаро келишмовчилик сабаблари ўрганилди, фарзандлар тақдирига бефарқ бўлмасликлари тушунтирилди.
Оилаларга таъкидландики
Оила жамиятнинг асосий бўғини ва муқаддас қўрғон ҳисобланиб, унинг мустаҳкамлиги давлат сиёсати даражасидаги муҳим масала сифатида кун тартибига чиқмоқда. Оилавий ажримларнинг олдини олиш ва оила институтини мустаҳкамлаш бўйича тизимли ишлар давом эттирилаётгани таъкидланиб, ажримларнинг икки томонга ҳам ачинарлиси, болаларнинг ҳаётига салбий таъсири ҳақида сўз борди.
Vakolatli organlar tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, shuningdek tadbirkorlar o‘rtasida o‘zgalarning mulkiga nisbatan hurmat hissini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, ayrim hollarda tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanish bilan bog‘liq holatlar uchramoqda.
Xususan, “GST Oil” MChJ murojaatiga asosan “V.I.” MChJ tomonidan “HYUNDAI CONSTRUCTION EQUIPMENT” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “HYUNDAI” tovar belgisidan foydalangan holda 2 dona maxsus texnika (ekskavator) respublika hududiga olib kirilayotgan vaqtda bojxona postida to‘xtatib qolindi.
Shuningdek, mazkur holat yuzasidan adliya organlari ko‘magida “GST Oil” hamda “V.I.” MChJlar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilishiga erishildi.
Mediativ kelishuvga muvofiq “V.I.” MChJ huquq egasiga 206 mln so‘m miqdorida tovon puli to‘lash, shuningdek “HYUNDAI” brendidan foydalanmaslik hamda ushbu brendga oid texnikalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirmaslik majburiyatini oldi. Bundan tashqari, “V. I” MChJga tegishli“YouTube”, “Instagram” va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda joylashtirilgan “HD Hyundai Centre” va “rasmiy diler” so‘zlari o‘zgartirilishi belgilandi.
Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Vazirlikka "Toyota Jidosha Kabushiki Kaisha" kompaniyasiga tegishli “TOYOTA” hamda boshqa tovar belgilariga o‘xshash belgilardan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan ruxsatsiz foydalanilayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida tadbirkorlik subyekti tomonidan “TOYOTA” tovar belgisi va uning tasviriy ko‘rinishdagi logotipidan reklama maqsadida huquq egasining roziligisiz foydalanilganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi.
Hurmatli tadbirkorlar!
Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Oilalarni tinch va totuvligi jamiyatning rivojini ta’minlaydi. Shu boisdan ham yurtimizda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ularni baxtiyorlikda va farovonlikda yashashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish muhim masala hisoblanadi.
Adliya bolimi boshligi, IIB hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan nizoli oilalar bilan ishlash, ularni yarashtirish borasida tizimli ishlar tashkil qilingan.
Haftaning har chorshanba kuni ana shunday oilalar bilan ishlar olib borilib, oilaviy nizolarni bartaraf etishga erishilmoqda.
Nurota tumani adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 12 oyida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar holati haqidagi axborot berildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish davomida 1179 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, natijasiga ko‘ra 50 ta taqdimnoma va sudlarga 31 ta ariza kiritilgan, 16 nafar shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar berilgan.
Ta’sir choralar natijasida fuqarolar va yuridik shaxslar foydasiga 120 million so‘mlik ish haqlari va zararlar undirilgan, 5 ta noqonuniy hujjat bekor qilingan yoki qonunga muvofiqlashtirilgan.
Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati
Mazkur huquqiy oylik doirasida Nurota, Uchquduq tumanlari hamda Zarafshon va G'ozg'on shaharlaridagi mahallalarda fuqarolar va mahalla yettiligiga mulk huquq hamda uning kafolatlari oid huquqiy tushuntirish ishlari amalaga oshirilib, sohaga oid 100 dan ortiq targ'ibot materiallari tarqatildi.
Huquqiy oylikning maqsadi quyidagilardan iborat:
Aksiyaning maqsadi:
???? ommaviy sayyor qabullar tashkil etiladi;
???? mahallalarda, mehnat jamoalarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovnomalar tashkil etish;
???? kadastr organlari tomonidan Qonunga zid ravishda qo‘llanilgan ma’muriy jazo choralarini bekor qilishga ko‘maklashish;
???? auksion orqali realizatsiya qilingan yer uchastkalari bo'yicha yuzaga keladigan nizolarni hal etish;
???? fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, ularga amaliy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya kun tartibiga muhim masalalar kiritilib, ular yuzasidan tegishli axborot va hisobotlar tinglandi.
Jumladan, qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida 2025-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori M.Ortiqov tomonidan batafsil axborot berildi.
Shuningdek, tumandagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Uchquduq tuman Adliya bo‘limi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan 2025-yilda bajarilgan ishlar to‘g‘risida adliya bo‘limi boshlig‘i U.To‘rayev axborot berdi.
Majburiy ijro byurosi Uchquduq tuman bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi vazifalar yuzasidan majburiy ijro bo‘lim boshlig‘i A.Jo‘rayev hisobot berdi.
Shuningdek, Uchquduq tumanida shaharsozlik hujjatlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i S.Berdiyev ma’lumot berdi.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026-йил 5-январдаги "Республика маҳаллаларида хавфсиз муҳитни яратиш йўналишида яхлит манзилли ишлаш тизимини жорий этишга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар тўғрида" ги 1-сонли қарори ижросини таъминлаш мақсадида туман ҳокими Учқун Елмуратов ва туман ИИБ бошлиғи Анвар Раджапов, туман адлия бўлими бошлиғи Улуғбек Тўраев ҳамда тегишли масъул ташкилотлар иштирокида жиноят этган, жиноят содир этишга мойил бўлган ҳамда нотинч ва ажрим ёқасига келиб қолган оилалар билан мулоқот ўтказилди.
Мулоқот жараёнларидан кўзланган мақсад жиноят содир этилишининг олдини олиш, ҳуқуқбузарликни сабаб ва шароитларини бартараф этиш, уларни ижтимоий ҳаётга мослаштириш ҳамда қонун устуворлигини таъминлашдан иборат.
Оила жамиятнинг асосий бўғини ва муқаддас қўрғон ҳисобланиб, унинг мустаҳкамлиги давлат сиёсати даражасидаги муҳим масала сифатида кун тартибига чиқмоқда. Оилавий ажримларнинг олдини олиш ва оила институтини мустаҳкамлаш бўйича тизимли ишлар давом эттирилаётгани таъкидланиб, ажримларнинг икки томонга ҳам ачинарлиси, болаларнинг ҳаётига салбий таъсири ҳақида сўз борди.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘rida" gi 1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimi Uchqun Yelmuratov va tuman IIB boshlig‘i Anvar Radjapov, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek To‘rayev hamda tegishli mas’ul tashkilotlar ishtirokida jinoyat etgan, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan hamda notinch va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan muloqot o‘tkazildi.
Muloqot jarayonlaridan ko‘zlangan maqsad jinoyat sodir etilishining oldini olish, huquqbuzarlikni sabab va sharoitlarini bartaraf etish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashdan iborat.
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini va muqaddas qo‘rg‘on hisoblanib, uning mustahkamligi davlat siyosati darajasidagi muhim masala sifatida kun tartibiga chiqmoqda. Oilaviy ajrimlarning oldini olish va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilayotgani ta’kidlanib, ajrimlarning ikki tomonga ham achinarlisi, bolalarning hayotiga salbiy ta’siri haqida so‘z bordi.