Yangiliklar
Tadbirda tuman aholisi uchun sayyor qabul, sayyor davlat xizmatlari, notarius va FHDY xizmatlari ko'rsatildi.
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasiga “SURPRISE ICE CREAM” MChJ rahbari X.Madrahimov oʻziga tegishli “Anjan” tovar belgisidan Fargʻona viloyatida joylashgan “F.I.C.” oilaviy korxonasi tomonidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.
“Huquqiy targ‘ibot kuni” Navoiy viloyatining Konimex tumanida tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi mas’ullari ham ishtirok etdilar.
G‘azg‘on shahrining “Shayxon” mahallasida “Huquqiy targ‘ibot” kuni doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Navbahor tuman adliya bo'limi, DXM va YXKM xodimlari tomonidan "Arabxona", "Ko'xron" hamda "Oq oltin" MFY da uyma-uy yurish orqali "Adliya kuni" tadbirlari o'tkazilib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolar o'rganildi.
Adliya vazirligi mas’ullari fuqarolarning huquqiy masalalarini o‘rganish maqsadida Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi. Bu galgi manzil Navbahor tumani. Aholi bilan tanishish “Qorovultepa” mahallasidan boshlandi.
G‘azg‘on shahrining “Shayxon” "Guliston" "Tumar" mahalalarida “Huquqiy targ‘ibot” kuni tashkil etildi. Bo'lim xodimlari tomonidan hududda uyma-uy yurish orqali aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolar o'rganildi.
Maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi 80-son farmonining viloyat hududidagi ijrosini o’rganish, aholining huquqiy muammolari, ko’rsatilayotgan birlamchi yuridik ko’mak sifati,manzilli huquiy targ’ibot tadbirlari samaradorligi bilan yaqindan tanishish.