Yangiliklar
Sobiq xodimlarning manfaati
Mahallalarda harbiy hisobni yurituvchi sobiq xodimlarning 6 nafari adliya himoyasida oʻz haq-huquqini tikladi. Ish sudga koʻchguncha, sobiq xodimlar mehnatga haq toʻlashdagi huquqbuzarlikni anglab tuman adliya boʻlimiga murojaat qoldirgan.
Adliya idorasi mahallalarda harbiy hisobni yurituvchi sobiq xodimlarning manfaati himoyasida mahalla uyushmasi tuman boʻlimiga nisbatan sudga daʼvo arizasi kiritdi va ijobiy natijaga erishdi.
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida
Bugun Adliya vazirligi tomonidan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini tashkil etish yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.
JOYLARDA KONSTITUTSIYA BURCHAKLARI TASHKIL ETILDI
Navoiy viloyat adliya organlari va muassasalarida konstitutsiya burchaklari tashkil etildi.Aytib o‘tish kerak, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023- yil 1- maydan e’tiboran kuchga kirdi. Bunga 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi.
Bunga qadar 1992 yildan buyon konstititutsiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgan edi. Bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiylarga ko‘ra, konstitutsiya 65 foizga yangilangan.
Adliya organlari tizimida tashkil etilgan konstitutsiya burchaklarida yangilangan konstitutsiya to‘g‘risida turli shakldagi flayerlar, tarqatma materiallari orqali batafsil ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.Bundan tashqari, dxm, FHDY bo‘limlariga tashrif buyurgan fuqarolarga qo‘shimcha ma’lumot berish va targ‘ibot materiallarini tarqatish yo‘lga qo‘yilgan.
Uchquduq tuman Adliya bo'limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini tashkil etish yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Tengdoshimga huquqiy yordam” mavzusida tumandagi yoshlarga Adliya vazirligining asosiy faoliyat yo’nalishlari,shu jumladan qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlash, huquqiy ekspertiza faoliyati, xalqaro hamkorlik, huquqiy targ’ibot va O’zbekistonda yuridik fan va ta’limning rivojlanishi yuzasidan targ’ibot tadbirlarini amalga oshirdi. Tuman MMTB ga qarashli maktablarning bitiruvchi oquvchi yoshlari bilan Adliya bolimida ochiq muloqot o`tkazilib mazkur uchrashuvlarda yoshlar tomonidan TDYU boshqa OTM yurisprudensiya yo’nalishlari va yuridik texnikumga o’qishga topshirish tartibi,yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi binosida “mahalla yettiligi” vakillari hamda adliya boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
“Aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish, mahallalarga huquqiy axborotni yetkazish hamda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini metodik ta’minlash ishlarini samarali etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorda adliya organlari va “Mahalla yettiligi” tomonidan joylarda tushuntirish talab etiladigan, to‘liq tartibga solinmasdan kelayotgan mavzular yuzasidan metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha har chorakda kamida bir marotaba muhokama o‘tkazish belgilangan.
“E-qaror” va “Ijro.gov.uz”
Navoiy viloyat adliyaboshqarmasi binosida “E-qaror” va “Ijro.gov.uz” elektron tizimlarida erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 3666-son qaroriga asosan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan buyruq, qaror va farmoyishlar “E-qaror” elektron tizimida ishlab chiqilishi, kelishilishi, qabul qilinishi, ro‘yxatga olinishi va e’lon qilinishini doimiy monitoring qilib borishi hamda “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat olib borishi va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritishi hududiy adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 9 oy yakunlari bo'yicha hay'at yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.
Bunda aholiga huquqiy xizmat ko'rsatish, huquqiy muammolarni aniqlash sohasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son farmoni ijrosiga alohida e'tibor qaratilib, faoliyat tanqidiy ko'rib chiqildi.
Shuningdek, fuqaro murojaatlari bilan ishlash, e-qaror tizimi, davlat tashkilotlariga huquqni qo'llash, huquqiy targ'ibot va FHDY, DXM, YXKM yo'nalishida tashkil etilayotgan ishlar ham tizimli tahlil etilmoqda.
Navoiyda insholar tanlovining tuman(shahar) bosqichi bo'lib o'tmoqda
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yoshlarda korrupsiyaga va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg'usini shakllantirish maqsadida insholar ko'rik-tanlovi o'tkazilmoqda.
Navoiy viloyatida tanlovning tuman(shahar) bosqichiga bo'lib o'tmoqa. Navbatdagi manzil Xatirchi tumani.
Ayni paytda hududda 92 ta umumta'lim maktabi faoliyat yuritmoqda, tanlovning quyi bosqichida maktablardan saralangan yoshlar o'zaro bellashayapti.
Navoiy viloyati yuridik texnikumida iqtidorli o'quvchilarni kashf etish hamda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 296-sonli buyrug' ijrosi ta'minlash maqsadida "IDROK" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
Unda texnikum o'quvchilaridan iborat "14 ta jamoa o'zaro kuch sinashdilar.
Falsafiy, mantiqiy va huquqiy bilimlar yuzasidan jamoalarga berilgan tezkor savollar Adliya boshqarmasi, Navoiy davlat pedagogika instituti va yuridik texnikum mas'ullari tomonidan tuzilgan hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.
Ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilgan mazkur bilimlar bellashuvida;
1-o'rinni "ASTRO"
2- o'rinni "DIPLOMATLAR"
3- o'rinni "NOTARIUS" jamoalari qo'lga kiritdilar.
"Eng ahil jamoa" nominatsiyasi "YUSTITSIYA" jamoasi, "Eng bilimdon talaba" nominatsiyasi diplomlari Axtamov Behzodga topshirildi.
G'olib va barcha faol ishtirok etgan jamoalar yuridik yexnikum rahbariyatining diplomiga hamda 1-o'rinni qo'lga kiritgan "ADVOKATLAR" jamoasi tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Intellektual o'yinida o'z an'analariga ega texnikumning "ASTRO" jamoasiga Respublika tanlovida omad va zafarlar tilaymiz!
Adliya vaziri Navoiy viloyatidagi o'rganishlar davomida Qiziltepa tumani adliya bo'limi,davlat xizmatlari markazi, FHDY va YXKM faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Davlat xizmatlaridan foydalanishda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmatlar sifati va vaqt tejamkorligiga alohida e'tibor qaratilib, FHDY va YXKM yo'nalishda sohaga oid muammo va takliflar o'rganildi.