Yangiliklar
???? Nurota tuman adliya bo‘limi YXKM va DXM tomonidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun yangi konstitutsiya mazmuni yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Muloqot davomida, konstitutsiya ilgari surilgan takliflar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida yig‘ilganlarga tushuncha berildi.
♦️Navoiy kon metallurgiya kombina GMZ korxonasida xotin-qizlar uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Tadbirda Navoiy Shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari ishtirok etib, “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 829-son Qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumot berdilar.
????Navoiy viloyati Milliy gvardiyasi qo’riqlash boshqarmasida "Milliy gvardiya shakllanishi va faoliyatining huquqiy asoslari" mavzusida o’quv seminar o’tkazildi.
????“Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun kuchga kirdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolanib tasdiqlangan beshta modda va 42 banddan iborat qonunga koʻra, yangi Mehnat kodeksi mehnatga oid munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy prinsiplarni oʻz ichiga oladi.Nurota tumanida Mehnat kodeksi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
????Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori A.Xalilov hamda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi A.Sarabekovning sayyor qabuli tashkil etildi. Unda 100ga yaqin fuqarolar va tadbirkorlar ishtirok etishdi.
16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlik bor
????Adliya organlari tizimi shonli tarixga ega. Shu tarixni yaratganlar, oʻzining halol mehnati bilan unda yashaganlarni adliya unutmaydi. Shu bois har yili 9-may xotira va qadirlash kuni arafasida ularni yoʻqlash goʻzal anʼanaga aylangan. Navoiy viloyat adliya boshqarmasida ham bu qadriyat bardavom. Ayyom munosabati bilan boshqarmada faxriylar bilan uchrashuv tashkil etildi.
????Qonunchilikka koʻra, (https://lex.uz/docs/-5893253) har yili hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan:
????FHDY idoralarida tug‘ilish, nikohni qayd etish, ajrim va o‘lim holatlarida 2023-yilning may holatiga 12 mingga yaqin harakat amalga oshirilgan. 1527 ta nikoh, 8173 ta tug‘ilish rasmiylashtirildi, 503 ta ajrim hamda 1542 ta o‘lim holati qayd etildi.
????Mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ravishda ishtirok etishini taʼminlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asoslar yaratildi.Shu kunga qadar mazkur yoʻnalishda 40 dan ortiq qonunosti hujjatlari va 4 ta qonun qabul qilindi.