Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

13
Adliya: Sayyor xizmat- beminnat xizmat

Keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar uchun birgina e’tibor kifoya. Tizimda bu borada alohida qadriyat shakllangan.  Kasalligi tufayli uyidan chiqa olmagan 76 yoshli  2-guruh nogironi Roxila Ashurova Karmana tumanidagi "Dehqon" mahallasining "Ali Qushchi" ko‘chasi, 58-uyida istiqomat qiladi. Karmana tuman adliya bo‘limi DXM xodimlari tomonidan  "Mavzuli so'rovlarni ijro etish" bo'yicha sayyor tartibda davlat xizmati fuqaroning uyiga borib ko‘rsatildi.

13
Maktablarning "Huquq sinfi"da huquq darslari o'tilmoqda.

Uchquduq tumanining 18-umumiy o'rta ta'lim maktabining "Huquq sinfi"ga tahsil olayotgan yuqori sinf o‘quvchilari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotida mulk huquqi tushunchasi, shartnomalar va ularning turlari, fuqarolik huquqiy munosabatlar kabi mavzular qamrab olindi.

O‘quv mashg‘ulolari tuman adliya bo'limi xodimlari va Iqtisodiy ishlar bo'yicha tuman sudi sudyasi D.Turdiyevlar tomonidan olib borildi.

11
Zamonaviy dunyoda yangi tushunchalar: kiberjinoyat, kiberxavf.

Navoiy shahar adliya bo'limida Ichki ishlar bo'limi tergovchilari tomonidan aholi orasida ko'p uchrayotgan kiberjinoyatlar xususida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Mazkur jinoyat mobil qurilma, turli gadjetlar hamda tarmoqlar orqali fuqarolarga turli xabar va ma'limotlar ko'rinishda etkazilishi oqibatida sodir bo'layotgani, natijada ayrim fuqarolar aldovlarga chuv tushayotgani ta'kidlandi

Tadbirda adliya xodimlari mazkur jinoyatning molyaviy ziyoni, oqibatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berdilar. Jarayonda kiberxavfdan saqlanish uchun qanday yo‘l tutish kerakligi tadbir ishtirokchilariga tushuntirildi.

08
AYOLLAR ADLIYA ARDOG'IDA   

Navoiy viloyati adliya boshqarmasida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Aytib o‘tish kerak, bugungi kunda viloyat adliya organlari tizimida 100 dan ortiq ayollar mehnat qilib kelmoqda. Tadbir davomida mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar, mazkur yo‘nalishda qonunchilik tizimi  mustahkamlanayotganligi, imtiyoz va imkoniyatlar kengaytirilayotganiga alohida urg‘u berildi.

Bayram anjumanidagi tabriklar va qutlovlar ayollar qalbini yana quvonchga to‘ldirdi.

07
HUQUQIY MAHALLADA "ADLIYA KUNI"

Zarafshon shahar adliya bo’limi tomonidan,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi "Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida"gi 499-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 2025-yil 25-fevral O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 1037-sonli Qonunlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida shahar “Konchilar” MFY va A.Navoiy MFYda mahalla yettiligi bilan mahalla  binosida davra suhbatlari va qonunchilik yuzasidan targ'ibot tadbirlari tashkil qilindi.

04
Аholini kontrafakt mahsulotlaridan himoya qilishda tovar belgisi qanday ahamiyatga ega?

Kontrafakt tushunchasi o‘zi nima? Qanday mahsulotlar kontrafakt sanaladi?
Kontrafakt - bu huquq egasining tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarini buzish hisoblanib, isteʼmolchini adashtirish darajasida tovar nomini o‘zgartirish sanaladi.

20
"TO‘Y VA MAROSIMLARNI IXCHAMLASHTIRISH - BARCHAMIZNING MA'NAVIY BURCHIMIZ

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G'ozg'on shahar bo‘linmasi, shahar adliya bo'limi tashabbusi bilan shahar hokimligi faollar zalida mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, otinoyilar imom xatib  bilan hamkorlikda oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarning ixcham va tartibli o'tkazish hamda Oila kodeksi, oilaviy huquqiy munosabatlar haqida davra suhbati tashkil etildi.

20
DABDABA VA ISROFGARCHILIK MILLAT FOJЕASI

Tumanda “To‘y-marakalarni ixchamlashtirish, ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliklarni oldini olish bo‘yicha ta’sirchan choralarni qo‘llash” mavzusiga seminar o‘tkazildi.

19
#mahallamda_jinoyatchilik_boʼlmaydi

Zarafshon shahar adliya bo‘limi tomonidan joylarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 1-son Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida targ‘ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.                                                  

19
ADABIYOT YASHASA, MILLAT YASHAYDI!

Kitob saodat topish uchun oʼqilmaydi. Unutmaslik kerakki, kitob oʼqishning oʼzi – oliy saodat. Kitob fikrlash quroli, tafakkur manbai boʼlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz hisoblagan. Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan doʼstlashish kishini nafaqat aqlini teran qiladi, balki unga jahonni tanitadi, ezgulikka yetaklaydi.