Yangiliklar
Qiziltepada "mahalla ettiligi"da ish qizg'in
Qiziltepa tumani adliya bo‘limi ishchi guruhi, ya'ni "mahalla ettiligi" tomonidan "O'zbekiston" MFYda "Huquqiy mahalla" loyihasini amalga oshirish konsepsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ayni kunda mahallada 651 ta xonadon mavjud bo'lib, unda 2051 nafar fuqaro yashaydi. O'rganish chog'ida nogironlik nafaqasini olish, ijtimoiy himoya, uy-joy, oilaviy munosabatlar, kommunal va kadast sohasidagi muammolar aniqlandi va adliya ish yurituviga olindi. Mazkur mahallada "Huquqiy mahalla" loyiha doirasida tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sayyor qabul shaharning “Bahor” mahallasida tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda mazkur mahallada 7131 nafar fuqaro 2138 ta xonadonda istiqomat qilib kelmoqda.
Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti, yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi. Aholi muammosini ijobiy hal etish maqsadida barcha huquqiy va amaliy ko'makka muhtoj murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolarga birlamchi tibbiy yordam ham ko‘rsatildi.
Kunning ikkinchi yarmida Prezident Administratsiyasi va Navoiy viloyati adliya boshqarmasi mas’ullari Navbahor tumanida bo‘lishdi. Aholi yaratilayotgan qulayliklar "Beshrabot" mahallasi misolida o‘rganildi. Ma’lumki, mazkur hudud adliya vazirligi tomonidan "huquqiy mahalla" deya e’tirof etilib, undagi aholi murojaatlari uyma-uy yurgan holda o‘rganilib, odamlar muammolariga yechim topilgan.
Ishchi guruh tomonidan Navbahor tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ko‘zdan kechirilib, unda xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Ishchi guruh markaz faoliyati va rejalari taqdimoti bilan tanishdi. Uchrashuvda bildirilgan taklif-mulohazalar, muammolar yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so'ng, "Beshrabot" mahallasida ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan kam ta'minlangan oilalar ahvoli xonadonlarga borib xabar olindi.
Zarafshon shahridagi 12-umumta’lim maktabida tashkil etilgan "Adliya sinfi"da Zarafshon shahar adliya bo‘limi boshlig’i O.Nasirov va advоkat E.Nurmuhammadovlar "Konstitutsiya - asosiy qonunimiz" va “Jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik o‘rtasidagi farq” mavzusida amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi
Tomdida “Tomdibuloq” huquqiy mahalla deb e'tirof etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida G'ozg'on shahar “Shayxon” MFY “Huquqiy mahalla” deb e'tirof etildi.
Ayni paytda adliya bo'limi xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” hamkorligida aholining ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy masalalaridagi muammolari uyma-uy yurilgan holda o'rganilmoqda. Fuqarolarni qiynayotgan qator masalalar kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, subsidiya va krediti uy-joy taʼmiri, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar ekanligi aniqlanib, adliya ish yurituviga olindi.