Yangiliklar
“Madad” maslahat byurosi tashabbusi bilan Nurota hamda Xatirchi tumanlarida nogironlar va xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarda asosan xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, amaldagi qonunchilikda ayollar uchun nazarda tutilgan mavjud imtiyozlar hamda oila va nikoh masalalarida yoshlar o‘rtasida huquqiy tushunchalar berib borilmoqda.
????O‘z huquq va imtiyozlaringizni o‘rganish hamda mutaxassislardan malakali maslahatlar olish imkoniyatini boy bermang.
????https://t.me/Navoiy_justice
Biz huquqiy targ‘ibot va xizmatlar sifatini yangi bosqichga ko‘taryapmiz.
Rasmiy ma’lumotlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va tezkor huquqiy ko‘mak yagona rasmiy kanalimizga ko‘chmoqda.
✅Eski guruhdan rasmiy kanalimizga o‘ting!
O‘z huquqlaringizni kafolatli himoya qilish va adliya tizimidagi eng so‘nggi islohotlarni kuzatib borish uchun "Obuna bo‘lish" tugmasini bosing:
✅ [https://t.me/Navoiy_justice] Hoziroq obuna bo‘ling!
Navbahorlik yоshlar uchun kеng imkoniyatlar maydoniga aylangan manzilli tadbir o`rkazildi.
???? Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi doirasida Navbahor tumani adliya bo`limi boshlig`i Abduvali Asadov, DXKM direktori Qahramon Jurayev hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari tomonidan "Yangiobod" mahallasi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
???? Muloqotlar davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, ularni qiynayotgan muammolar hamda kelajakdagi rejalari muhokama qilindi. Yoshlarning fikr va mulohazalarini tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
???? Yoshlar bilan muloqot — kelajak sari muhim qadam!
Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish masalalari muhokama qilindi
????https://t.me/Navoiy_justice
Biz huquqiy targ‘ibot va xizmatlar sifatini yangi bosqichga ko‘taryapmiz.
Rasmiy ma’lumotlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va tezkor huquqiy ko‘mak yagona rasmiy kanalimizga ko‘chmoqda.
✅Eski guruhdan rasmiy kanalimizga o‘ting!
O‘z huquqlaringizni kafolatli himoya qilish va adliya tizimidagi eng so‘nggi islohotlarni kuzatib borish uchun "Obuna bo‘lish" tugmasini bosing:
✅ [https://t.me/Navoiy_justice] Hoziroq obuna bo‘ling!
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog'idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan hamda O'zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) RO'YXATI (https://sud.uz/wp-content/uploads/2026/11/restricted-links-and-materials.pdf) (03. 11. 2026 yil holatiga)
✅️Hurmatli fuqarolar!
✅️Qadrli ota-onalar va yoshlar!
✅️Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog'iga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yo'l qo'ymang.
???? Sud tomonidan taqiqlangan internet manbalardan yiroq bo'ling! (https://t.me/oliysuduz/53292)
Davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritish tizimini to‘liq qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni raqamlashtirish bugungi kunning eng muhim talablaridan biri hisoblanadi.
Ayni shu maqsadda, Navoiy shahar adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tashabbusi bilan shahar hududidagi davlat organlari va tashkilotlarining HR xodimlari ishtirokida oʻquv seminari tashkil etildi. Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan tashkilotlarning yuridik hujjatlarini qonunchilik talabi asosida tayyorlash tartiblari va bu borada yuridik markazlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tizimda amalga oshirilayotgan eng so‘nggi yangiliklar va raqamli platformalar faoliyati atroflicha yoritib berildi. Seminarning markaziy mavzularidan biri bo‘lgan "AdLIX" elektron dasturi ish unumdorligi garovi sifatida e'tirof etilib, ishtirokchilarga ushbu platformaning ishlash prinsipi, hujjat aylanishini tezlashtirishdagi qulayliklari hamda HR xodimlarining vaqtini tejash va xatoliklar sonini kamaytirishdagi afzalliklari batafsil tushuntirildi.
Tadbir yakunida tashkilotlarga platformadan samarali foydalanish boʻyicha aniq tizimli koʻrsatmalar va uslubiy qo‘llanmalar berildi. Adliya organlari bu kabi targ‘ibot va o‘quv tadbirlarini davom ettirgan holda, tashkilotlarda qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashishda davom etadi.
San’at va ijodkorlarni qo‘llab quvvatlash, ularning mehnati va ijodiy mahsullariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish — madaniy taraqqiyotning muhim shartidir.
Oktyabr oyining “Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” sifatida e’lon qilinishi ijodkorlar uchun katta rag‘bat, jamiyatda esa mualliflik huquqiga hurmat va huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi muhim tashabbusdir.
✅ Zero, har bir ijod mahsuli e’tirofga, har bir muallif esa o‘z mehnati va huquqlarining himoyasiga loyiq!
Samarqand viloyati Musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Vatanga qaytish” spektakli Navoiyda namoyish etiladi!
Spektakl Vatanga sadoqat, inson qadri, fuqarolik mas’uliyati va yurt tinchligining qadriga yetish kabi muhim mavzularni yoritadi.
???? Sana: 2026-yil 04-noyabr
???? Namoyish vaqtlari: soat 15:00 va 18:00 da
???? Manzil: Navoiy viloyati "Farxod" madaniyat saroyi
???? Bilet narxi: 70 000 so‘m
???? Bog‘lanish uchun: +998 93 353 67 06
Mas’ul xodim — Samarqand viloyati Musiqali drama teatri.
???? Barcha san’at ixlosmandlarini spektakl tomoshasiga taklif etamiz!
Bugungi kunda Navoiy viloyatida 76 nafar mediator rasmiy reestrga kiritilgan bo‘lib, ular fuqarolarning nizolarini sudgacha va o‘zaro hamjihatlikda hal etishda faol ko‘maklashib kelmoqda.
Sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi huzuridagi Mediatorlar malaka komissiyasi tomonidan tizimda yangi qadam tashlandi. Jumladan, komissiya a’zolari tomonidan bir nafar talabgordan videokonferensaloqa vositasi orqali masofaviy tarzda malaka imtihoni qabul qilindi.
Ushbu raqamlashtirilgan jarayon talabgorlarning vaqti va ortiqcha ovoragarchiligini tejash bilan birga, imtihonning ochiqligi, shaffofligi hamda xolisligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Adliya organlari tomonidan tizimni yanada takomillashtirish hamda professional mediatorlar safini kengaytirish borasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish davom ettirilmoqda.