Yangiliklar
2026 yil 20-yanvar kuni adliya vaziri Akbar Tashkulov Vengriya adliya vazirligining rasmiy taklifiga asosan xizmat safari bilan Budapesht shahrida Vengriya adliya vaziri Bence Tuzson bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar adliya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.
A.Tashkulov xorij tomoniga so‘nggi yillarda O‘zbekistonda huquqiy jarayonlarni raqamlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlar sifatini oshirish va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Xususan, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz) davlat axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, “aqlli huquqiy xabardorlik” mexanizmi ta’minlanayotgani, sun’iy intellekt asosidagi LexAI platformasi joriy etilgani ta’kidlandi.
Tomonlar notariat tizimini raqamlashtirish, bepul yuridik yordamni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni baholash va “tartibga solish gilyotina” mexanizmlarini joriy etish masalalarini ham muhokama qildilar.
Nurota tuman adliya hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida yashirin iqtisodiyot va “konvert” shaklida ish haqi berishning salbiy oqibatlari yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga “konvert”da maosh olish — soliqlardan qochish bilan birga, ishchining mehnat huquqlari, ijtimoiy kafolatlari va pensiya jamg‘armasiga zarar yetkazishi haqida batafsil tushuntirildi.
Maqsad — fuqarolarni halol mehnat, qonuniy bandlik va ochiq iqtisodiyot tamoyillariga rioya qilishga chorlashdir.
10 кун давомида Президент Мурожаатномаси юзасидан республика бўйлаб тарғибот тадбирлари бўлиб ўтади.
Шу жумладан, Учқудуқ туманида ҳам тарғибот тадбирларига расман старт берилди.
“Шалхар” ОФЙ да Президент Мурожаатномаси тарғиботига бағишланган махсус учрашув бўлиб ўтмоқда.
Унда туман ҳокими ўринбосари Н.Муратов, туман адлия бўлими бошлиғи У.Тўраев, “Маънавият ва маърифат” бўлинмаси туман раҳбари Ж.Булекбаева, туман “Маҳала уюшмаси” бўлими бошлиғи А.Ҳамидов ҳамда халқ депутатлари туман кенгаши депутатлари М.Камолова, У.Салимовлар иштирок этмоқда.
Таъкидланганидек, Мурожаатнома нафақат Парламентимиз аъзоларига, 7000 дан ортиқ маҳаллий кенгаш депутатларига, ҳар уч ҳокимият вакилларига, жамоатчилик ташкилотларига, бугун Ўзбекистонда кечаётган туб ислоҳотларга хайрихоҳлик билан қараётган жаҳон ҳамжамиятига бўлди десак ҳеч бир муболаға бўлмайди.
Мурожаатномада илгари сурилган ҳар бир таклиф молиявий жиҳатдан таъминлангани билан аҳамиятли. Янги Ўзбекистон тараққиётининг янги босқичида ижро ҳокимияти учун жамоат ташкилотлари жиддий ва тенг ҳуқуқли, шу билан бирга ҳурматга лойиқ ҳамкор сифатида намоён бўлади.
Натижада, давлат ва маҳаллий ҳокимият органлари томонидан қонун ҳужжатларининг тўлиқ ва мукаммал бажарилиши механизми такомиллашиб, жамоатчиликни янги ташаббуслар ва таклифларга ундайди.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — kelajak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor!
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri (https://census.stat.uz) aniq hamda ishonchli ma’lumotlar asosida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini rejalashtirishga xizmat qiladi.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasining barcha rahbar va xodimlari ushbu muhim jarayonda faol ishtirok etib, onlayn tarzda to'liq ro‘yxatdan o‘tish orqali barchaga shaxsiy namuna ko‘rsatdi.
Har bir ishtirok — kelajak uchun muhim qadam!
“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–1-son, 05.01.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha samarali tizimni yo'lga qo'yishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida 2026-yilda mas'ul rahbarlar va muassasalarga mahallalar nomma-nom biriktirilishi belgilandi.
Shu munosabati bilan tuman va shahar adliya bo'limlariga, DXM va FHDY bo'limlariga tashrif buyurgan fuqarolarga PQ-1-son qaror mazmun-mohiyati, shu jumladan firibgarlik, korrupsiya va boshqa shu kabi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan 150 dan ortiq tarqatma materiallar tarqatildi.
“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–1-son, 05.01.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha samarali tizimni yo'lga qo'yishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida 2026-yilda mas'ul rahbarlar va muassasalarga mahallalar nomma-nom biriktirilishi belgilandi.
Shu munosabati bilan tuman va shahar adliya bo'limlariga, DXM va FHDY bo'limlariga tashrif buyurgan fuqarolarga PQ-1-son qaror mazmun-mohiyati, shu jumldan firibgarlik, korrupsiya va boshqa jinoyatlarga oid 200 dan ortiq tarqatma materiallar tarqatildi.
Xatirchi tuman madaniyat markazida Xatirchi tumani MMTB hamda Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Xatirchi tuman boʻlinmasi kengashi oʻrtasida 2024–2026-yillarga moʻljallangan jamoa kelishuvining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi.
Yig‘ilishda Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mas’ul tashkilotchisi A.Bobomurodova, Xatirchi tuman Adliya bo‘limi bosh yurist konsulti J.Primov, Xatirchi tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mehnat huquqi inspektori U.Beknazarov va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida jamoa kelishuvi doirasida amalga oshirilgan ishlar, ta’lim xodimlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha mas’ullar tomonidan ma’ruzalar qilindi.
Uchrashuv yakunida kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Joriy yilning 8 - yanvar kuni Navoiy garnizonidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida "Huquqiy madaniyatni yuksaltirish – jinoyatchilikni oldini olishning muhim shartidir" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Navoiy viloyati adliya hamda ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilarga jinoiy xatti-harakatlarning salbiy oqibatlari, ularni oldini olishda huquqiy madaniyatning o‘rni, qonun ustuvorligini ta’minlashdagi fuqarolik mas’uliyati yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.
Tadbir yakunida “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–1-son, 05.01.2026-y.) mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI
Joriy yilning 29-dekabr kuni Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tomdi tuman adliya bo‘limi xodimi I.Abdullayev tomonidan 2025-yilning sentabr-noyabr oylari davomida Tomdi tumanidagi mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlarida huquqiy mahalla loyihasi o‘tkazilganligi va loyiha doirasida mahalla va ovul fuqarolar yig‘inida birlamchi minimal standartlar ijrosi belgilangan talablarga muvofiqlik darajasi o‘rganilganligi bo'yicha hisobot berildi.
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining XVIII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Unda tuman hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim masalalar muhokama qilindi. Sessiya kun tartibida Tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil dekabr oyi davomida amalga oshirgan ishlari hamda norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati haqida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida "Mingbuloq OFY da amalga oshirilgan ishlar haqida so`z yuritildi.