Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

26
Navoiy garnizonida huquqiy targ'ibot tadbir o‘tkazildi

???? Joriy yilning 26-mart kuni Navoiy garnizonidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida "Korrupsiya davlat va jamiyat rivoji uchun katta xavf" hamda "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi" mavzularida huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

???? Tadbirda Navoiy shahar adliya bo'limi xodimlari hamda Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi hamda a'zolari ishtirok etdi.

❗️Tadbirda mamlakatimizda vijdon erkinligini ta'minlashda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda  korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

26
TANLOV

????Qiziltepa tuman adliya bo‘limi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi tomonidan "Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" ko'rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.

????Tanlovda hududlardagi huquq fani o'qitivchilari o'zaro bellashdi. Ishtirokchilarning huquqiy bilim darajasi hamda notiqlik mahoratlariga qarab hakamlar tomonidan adolatli baholar qo'yildi.

Tanlov natijalariga ko'ra:
???? 27-maktab o'qituvchisi
D.Karomiddinova - 1-o'rinni;
???? 3-maktab o'qituvchisi
S.Razzoqova  - 2-o'rinni;
???? 8-maktab o'qituvchisi 
A.Iskandarov - 3-o'rinni egalladi.
G'oliblarga tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanma berildi.

26
OILA MUQADDAS DARGOH!


⬇️Karmana tumani hokimi o`rinbosarlari N.Shomiyeva va D.Nazarov boshchiligida ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

⬇️Mazkur uchrashuvda tuman adliya bo‘limi boshlig`i A.Xalmo`minov, tuman Oqila ayollar harakati a'zosi G.Norqulova, tuman bosh otinoyisi N.Husenova, FHDYO bo`limi mas'uli G.Beknazarova hamda boshqa mutasaddi tashkilot vakillari qatnashdi. Unda 8 ta yosh oilaning muammoli holatlari atroflicha muhokama qilindi.

⬇️Suhbat davomida oila muqaddas qo‘rg‘on ekani, ajrim esa har doim ham to‘g‘ri yechim emasligi alohida ta’kidlandi. Mutaxassislar tomonidan er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish, o‘zaro hurmat va tushunishni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

⬇️Shuningdek, yosh oilalarni yarashtirish, ularni sog‘lom va baxtli hayot sari yo‘naltirish maqsadida har bir holat individual tarzda ko‘rib chiqilib, aniq chora-tadbirlar belgilandi. Bu kabi uchrashuvlar jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

25
TANLOV

????Zarafshon shahar adliya hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi tomonidan "Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" ko'rik-tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi.

????Tanlovda hududlardagi huquq fani o'qitivchilari o'zaro bellashdi. Ishtirokchilarning huquqiy bilim darajasi hamda notiqlik mahoratlariga qarab hakamlar tomonidan adolatli baholar qo'yildi.

Tanlov natijalariga ko'ra:
???? 1-maktab o'qituvchisi S.Fayziyeva  - 1-o'rinni;
???? 9-maktab o'qituvchisi D.Shodiyeva  - 2-o'rinni;
???? 12-maktab o'qituvchisi  M.Rajabova - 3-o'rinni egalladi.
G'oliblarga tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanma berildi.

25
Asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi.


????Uchquduq tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro K.T ning murojaati ko‘rib chiqildi, fuqaro o‘z murojaatida soliq orgalari tomonidan 3 yillik soliq miqdori 3 karra oshirilgan holatda hisoblanganligini, biroq fuqaroning yashash manzilidagi uy-joyi unga qonuniy asosda tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini bildirib, ushbu qarzdorlikni olib tashlashda amaliy yordam so‘ragan.

????O‘rganishlar natijasida fuqaroning yashash manzili huquqlarni e’tirof etish tizimiga asossiz kiritilganligi natijasida soliq inspeksiyasi tomonidan asossiz soliq hisoblanganligi aniqlandi.

✅Tuman adliya bo‘limi tomonidan qo‘llanilgan ta’sir choralaridan (taqdimnoma) so‘ng fuqaroning yer uchastkasi va undagi qurilmalari tizimdan chiqarilishiga hamda asossiz hisoblangan 2 mlnga yaqin soliq qarzdorligi bekor qilinishiga erishildi.

25
23 YILLIK ARMONIM...

????Rajabbek shu yil 23 bahorni qarshiladi. Amalda uning oilasi, farzandlari bor. Ammo bu oila ham, yigitning o'zi ham shu kunga qadar biror hujjatda qayd etilmagan edi.Unda hatto tug'ilganlik guvohnomasi bo'lmagan.Na onadan, na otadan darak bor.Tibbiy ma'lumotnoma ham risoladagidek emasdi. Karmana tuman adliya bo'ldimi FHDY organiga qilingan murojaatdan so'ng holat o'rganilib, murojaat ijobiy hal etib berildi.
- Ammamni qo'lida katta bo'ldim. U kishi meni faqat boqdilar shaxsimni tasdiqlovchi hujjatim bo'lmagan. Shuning uchun o'qiyolmadim ham. Tug'ilganlik guvohnomamni oldim 23 yillik armonim ushaldi.Endi passport olib birinchi o'rinda o'qishga topshirmoqchiman.Endi yo'lim ochildi.-deydi Rajab Nazarov

24
Навбаҳорда ҳамширалар учун ҳуқуқий-тарғибот учрашуви

Навбаҳор туманида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 3 мартдаги ПФ-33-сонли Фармони ижросини таъминлаш,  мақсадида тарғибот тадбири ташкил этилди.

Мазкур тадбирда Навбаҳор тумани тиббиёт бирлашмасига қарашли оилавий шифокорлик пунктлари ва оилавий поликлиникалар ҳамширалари фаол иштирок этдилар. Унда туман ҳокими ўринбосари–оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Г. Эргашева ҳамда адлия соҳаси ходимлари иштирок этиб, Фармоннинг асосий йўналишлари, мақсад ва вазифалари ҳақида атрофлича маълумот бердилар.

Тадбир давомида Фармонда белгилаб берилган устувор вазифалар, хусусан,хотин-қизларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, уларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш каби масалаларга алоҳида эътибор қаратилди.

Тадбир жараёнида очиқ мулоқот ташкил этилиб,  берилган саволларга  батафсил  жавоблар қайтарилди.

Тадбир якунида иштирокчилар мазкур Фармоннинг мазмун-моҳиятини ўз фаолиятида кенг қўллаш, аҳоли ўртасида тарғибот қилиш борасида келишиб олдилар.

20
Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni ezgu an'analar, mehr-oqibat va birdamlik timsoli bo'lgan Navro'z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Navro'zi olam har bir inson, har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, yaxshilik va fayzu baraka olib kelsin!

19
VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI YILLIK FAOLIYATI TAHLIL ETILDI

Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi hamkorligida Adliya boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokidagi mazkur tadbirda soha masʼulllari viloyat Adliya boshqarmasi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, joriy etilayotgan yangiliklar, murojaatlar, aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasida maʼlumot berdi.

19
ADLIYA YOSHLAR BILAN BIRGA

???? Navbahor tumani adliya bo'limi boshligi "Chorvoqguzar" , "Yangiobod", "Keskanterak" mahallasida joylashgan maktablar oquvchilari o`rtasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqida ilgari surilgan tashabbus va imkoniyatlar haqida ochiq muloqotlar tashkil etildi.

   ???? Shuningdek, tadbir davomida internet va axborot makonida xavfsizlikni taʼminlash, aholi orasida kiberxavfsizlik madaniyatini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongi va masʼuliyatini yuksaltirish masalalari ham muhokama qilindi.

     ➡️ Tadbir davomida ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoqlarda ongli faollikni shakllantirish, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, soxta (feyk) axborotlardan ehtiyot boʻlish hamda kiberhujumlardan himoyalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.