Yangiliklar
Sayyor qabul shaharning “Bahor” mahallasida tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda mazkur mahallada 7131 nafar fuqaro 2138 ta xonadonda istiqomat qilib kelmoqda.
Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti, yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi. Aholi muammosini ijobiy hal etish maqsadida barcha huquqiy va amaliy ko'makka muhtoj murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolarga birlamchi tibbiy yordam ham ko‘rsatildi.
Kunning ikkinchi yarmida Prezident Administratsiyasi va Navoiy viloyati adliya boshqarmasi mas’ullari Navbahor tumanida bo‘lishdi. Aholi yaratilayotgan qulayliklar "Beshrabot" mahallasi misolida o‘rganildi. Ma’lumki, mazkur hudud adliya vazirligi tomonidan "huquqiy mahalla" deya e’tirof etilib, undagi aholi murojaatlari uyma-uy yurgan holda o‘rganilib, odamlar muammolariga yechim topilgan.
Ishchi guruh tomonidan Navbahor tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ko‘zdan kechirilib, unda xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Ishchi guruh markaz faoliyati va rejalari taqdimoti bilan tanishdi. Uchrashuvda bildirilgan taklif-mulohazalar, muammolar yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so'ng, "Beshrabot" mahallasida ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan kam ta'minlangan oilalar ahvoli xonadonlarga borib xabar olindi.
Zarafshon shahridagi 12-umumta’lim maktabida tashkil etilgan "Adliya sinfi"da Zarafshon shahar adliya bo‘limi boshlig’i O.Nasirov va advоkat E.Nurmuhammadovlar "Konstitutsiya - asosiy qonunimiz" va “Jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik o‘rtasidagi farq” mavzusida amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi
Tomdida “Tomdibuloq” huquqiy mahalla deb e'tirof etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida G'ozg'on shahar “Shayxon” MFY “Huquqiy mahalla” deb e'tirof etildi.
Ayni paytda adliya bo'limi xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” hamkorligida aholining ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy masalalaridagi muammolari uyma-uy yurilgan holda o'rganilmoqda. Fuqarolarni qiynayotgan qator masalalar kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, subsidiya va krediti uy-joy taʼmiri, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar ekanligi aniqlanib, adliya ish yurituviga olindi.
2023-yilda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan bir kunda o‘rtacha 70-75 ming nafar fuqarolarga xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib kunlik tashrif buyuruvchilar soni 80-100 mingni tashkil etgan. Bu 13 millionga yaqin fuqaro Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurganligini anglatadi. Ushbu raqamlar aholining davlat xizmatlariga ehtiyoji katta ekanligini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, Adliya vazirligi tomonidan aholi ehtiyojlari inobatga olinib va ularga qulaylik yaratish maqsadida, Davlat xizmatlari markazlari shanba kunlari ham xalqimiz xizmatida.
Ko‘rsatilayotgan xizmatlar yanada sifatli bo‘lishi uchun respublikadagi barcha Davlat xizmatlari markazlari Situasion markaz orqali nazorat qilib borilmoqda. Vazirlik rahbariyati tomonidan Situasion markaz orqali kunlik monitoring o‘rnatilgan.
Situasion markaz Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlariga tashrif buyuruvchi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va tezkorligini monitoring qilib borish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi.
Shuningdek, monitoring jarayonida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Abdullayevning ham bevosita Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga xizmat ko‘rsatayotgani kuzatildi. Bu rahbariyat tomonidan xizmat sifatiga bo‘lgan e’tibor va jamoaga shaxsiy o‘rnak bo‘lishning yorqin namunasidir.
"Situasion markaz"dagi kuzatuv kameralari orqali rahbarlar muloqoti tashkil etildi hamda jarayon masofadan turib o‘rganildi.
Xususan, qolgan Davlat xizmatlari markazlarida ham ushbu funksiyalarni to‘liq joriy etish bo‘yicha tegishli ko‘satmalar berildi.
❗️Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlari markazlari shanba kuni soat 9:00 dan 15:00 gacha fuqarolarni qabul qiladi.