Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

31
Endilikda subsidiya olish uchun arizani mahallalardagi infokiosklar orqali berish mumkin

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 25-26-mart kunlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida mahallalardan turib davlat xizmatlarini  ko‘rsatish imkoniyatini oshirish vazifasi belgilab berilgan edi.

Shu maqsadda Adliya vazirligi tomonidan onlayn davlat xizmatlaridan sodda usulda foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida interaktiv kioskalar ishlab chiqildi hamda bosqichma-bosqich mahallalarda o'rnatilmoqda.

Shu bilan birga, kioskalar orqali foydalanish mumkin bo'lgan xizmatlar soni ham oshirilib,  ushbu xizmatlar 45 tani tashkil etdi.

Endilikda fuqarolar, ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun ham mazkur kioskalar orqali ariza yuborishlari mumkin.

Ahamiyatli jihati, xizmat bepul, navbatlar mavjud emas hamda 24/7 rejimida foydalanish mumkin.

31
Ma’muriy islohotlar doirasida

11-son jazoni ijro etish muassasasida  profilaktika kuni munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni mazmun-mohiyati xususida tushuncha berildi.
Muloqotda Farmon bilan adliya organlari zimmasiga belgilab berilgan vazifalar, ma’muriy islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Xususan,aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish, joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish; fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirib borish yuzasidan belgilangan vazifalar va ularning ijro mexanizmi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.

30
“Huquqiy targʻibot kuni”

Navoiy viloyat adliya organlari tizimida “Huquqiy targʻibot kuni” tashkil etildi. Tadbirlar davomida “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

“Huquqiy targʻibot kuni” loyihasi doirasida OAV vakillari uchun matbuot anjumani, aholi uchun sayyor qabul, yoshlar bilan ochiq muloqot va davra suhbatlari tashkil etildi.

30
"Xashman" mahalla fuqarolari yig‘inida

Navbahor tumani adliya bo‘limi xodimlari tumanning olis manzillaridan biri bo‘lgan "Xashman" mahalla fuqarolari yig‘inida qonunchilikdagi yangiliklarni aholiga etkazish maqsadida  xonadonma-xonadon yurib, targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar.  Adliya xodimlari fuqarolarga huquqiy tushuntirish berish barobarida ularning murojaatlarini adliya ish yurituviga olib, sayyor tartibda davlat xizmati ham ko'rsatmoqdalar.

28
Ma’muriy islohotlar doirasida

Uchquduq tumani Adliya boʻlimi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan "Mahalla yettiligi" bilan seminar tashkil etildi.

28
Adliya targʼbot

Adliya targʼbot

28
Ma’muriy islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tomdi tuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida “mahalla yettiligi” amaliy- seminarlar tashkil etildi.alar va ularning ijro mexanizmi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi

27
Ma’muriy islohotlar doirasida

Zarafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida “mahalla yettiligi” amaliy- seminarlar tashkil etildi.

27
Ma’muriy islohotlar doirasida

Xatirchi tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ZOOM platformasi orqali amaliy seminar tashkil etildi.