Yangiliklar
“HUQUQIY KO‘MAK” AKSIYASINING NAVBATDAGI MANZILI NUROTA TUMANI
Adliya organlari tizimida ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan "Huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazilayotganligi xususida xabar berilgan edi. Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarning navbatdagisi Nurota tumanida tashkil etildi.
Sayyor qabul shaklida bo‘lib o‘tgan tadbirda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tab chiqqan fuqarolar va ularning qarindoshlari ham ishtirok etishdi.
Muloqot davomida asosiy e’tibor, bandlik, moddiy yordam, bank-kredit masalalariga qaratildi. Adliya xodimlar tomonidan fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi.
“HUQUQIY KO‘MAK” AKSIYASI
ADLIYA organlar tizimida ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash, o‘rganish, tahlil qilish va hal etish, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan choralar ko‘rish, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadid “Huquqiy ko‘mak” aksiyasi o`tkazilmoqda.
AKSIYA DOIRASIDA
Uchquduq tuman Adliya bo`limi tomonidan tuman IIB bilan hamkorlikda ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar bilan uchrashuv o`tkazilib ularga qonunchilikdagi o`zgarishlar,yaratilgan sharoitlar va mehnat qonunchiligidagi huquqlari to`g'risida tegishli tushuntirishlar berildi.
Uchquduq tumandagi 10-sonli musiqa va san’at maktabida viloyat huquqiy organlari rahbarlarining aholi bilan ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda adliya boshqarmasi boshlig'i U.Abdullayev tomonidan fuqarolarning huquqiy masalasi joyida o'rganilib, ijobiy hal etish choralari ko'rildi.
Bunda shaxsga doir hujjatlarni va kadastr hujjatlarni rasmiylashtirishga huquqiy ko'maklashish, meros, shartnomaviy munosabatlarga oid murojaatlar e'tibor markazida bo'ldi. Muloqot davomida fuqarolarning huquqiy masalalardan tashqari, bandligini ta’minlash, salomatligini tiklash, kontrakt to‘lovlari, bir qator moliyaviy masalalarda moddiy yordam so‘rab qilgan murojaatlar, probatsiya hisobidagi fuqarolar murojaatlari va sud, soliq va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlar ham ko'rib chiqildi.