Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

08
Intellektual mulk markazi va adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Navoiy erkin iqtisodiy zonasi va adliya boshqarmasi binosida tadbirkorlar bilan uchrashuv va sayyor qabullar tashkil etildi.

Intellektual mulk markazi va adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Navoiy erkin iqtisodiy zonasi va adliya boshqarmasi binosida tadbirkorlar bilan uchrashuv va sayyor qabullar tashkil etildi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuv va sayyor qabulda ularning intellektual mulk sohasida duch kelayotgan dolzarb masalalariga amaliy yordam ko‘rsatildi, shu jumladan murojaatlar ish yurituviga olindi.

Uchrashuv davomida:
???? brend va tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari,
???? patentlash tartibi,
???? mualliflik huquqi bo‘yicha himoya mexanizmlari,
???? xorijda intellektual mulkni himoya qilish imkoniyatlari kabi mavzularda batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbirkorlarning har bir murojaati o‘rganilib, ularga amaliy yechimlar bo‘yicha aniq tavsiyalar taqdim etildi. Uchrashuv va sayyor qabul sohada ochiqlik, qonuniy himoya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

05
Davlat zimatlari markazi hamda FHDY bo'limiga tashrif buyurgan fuqarolarga yangi tahrirdagi Konstitutsiya kitoblar to'plami topshirildi.

Bugun, tuman adliya bo'limi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Tomdi tuman bo'limi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya– inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”  shiori ostida targ'ibot tadbiri amalga oshirildi.

????Davlat zimatlari markazi hamda FHDY bo'limiga tashrif buyurgan fuqarolarga yangi tahrirdagi Konstitutsiya kitoblar to'plami topshirildi.

04
#huquqiy_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 20-noyabrdan 10-dekabrga qadar  “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

????Aksiya doirasida tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi 4-sonli umumiy o'rta taʼlim muassasasining o'qituvchi va o'quvchilariga "Biz zo'ravonlikka qarshimiz!" mavzusida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

03
Zarafshon shahar Adliya bo'limi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Zarafshon shahar Adliya bo'limi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

⚡️Aksiya doirasida tumandagi 14-maktabning 50 dan ortiq o'quvchi yoshlari ishtirokida bolalar va yoshlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlariga oid davra suhbati tashkil etildi.

☄️Aksiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:

Aksiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:
– bolalar va yoshlar huquqlari davlat himoyasida ekanligini singdirish;
– bolalar va yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini
oʻrganish, tahlil qilish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash;
– bolalar zo‘ravonligini oldini olish;
– bolalar bullingini aniqlash va uni oldini olish yuzasidan huquqiy bilimlarni
oshirish;
– uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash;
– nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlarini ta’minlash;
– bolalar va yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish.

02
Diniy tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Diniy tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Navoiy viloyat hokimining o‘rinbosari E.Mardonov, Adliya boshqarmasining soha bo'yicha mas'ul xodimi hamda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari, masjid imomlari va noiblari, shu jumladan tuman va shahar bosh muhtasiblari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yil mobaynida amalga oshirilgan diniy-ma’rifiy ishlar, erishilgan natijalar va kelgusi vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda qonunchilikka kiritilgan so'nggi o'zgartirishlar, soliq hamda yillik faoliyat yuzasidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladigan hisobotlarni topshirish tartibi va muddatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida samarali faoliyat ko‘rsatgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari hamda faol imom-xatiblarga tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi.

02
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi

????Bugun Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi chaqiriq o'n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

????Unda tuman hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim masalalar muhokama qilindi.                                                                                                                        

???? Sessiya kun tartibida Tuman adliya bo‘limi tomonidan  2025-yil noyabr oyi  davomida amalga oshirgan ishlari hamda norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati haqida va  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida so'z yuritildi.

01
“Targ‘ibot poyezdi” - Navoiyda

Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”  shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasiga start berildi.

???? Loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalaridan tarkib topgan “Targ‘ibot poyezdi” va adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Navoiy shahridagi 23-sonli maktab o‘quvchilari bilan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

????Uchrashuv davomida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga oid turli interfaol oʻyinlar, viktorinalar tashkil etildi.

01
Nurota tuman adliya bo'limiga yangi rahbar tayinlandi

Nurota tuman adliya bo'limiga yangi rahbar tayinlandi  

28
Navoiy viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi

Navoiy viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

????Tadbirda boshqarma jamoasiga mamlakatimizdagi ekologik holat va mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumlada qonunchilikka kiritilayotgan o'zgartirishlar  xususida ma’lumotlar berildi.

????Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning siyosiy savodxonligini oshirish, ularni mamlakat va dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida xabardor qilib borishdan iboratdir.

27
Navoiyda “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi — g‘oliblar aniq!

Navoiyda “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi — g‘oliblar aniq!

Umumta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” respublika tanlovining Navoiy viloyati bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Viloyat bosqichida tuman va shahar bosqichlarida yetakchi bo‘lib chiqqan 11 ta jamoa savol-javob, test sinovi hamda sahna ko‘rinishlari orqali bilim va mahoratini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

???? 1-o‘rin — Navoiy shahar 11-IDUMning “Kelajak” jamoasi;
???? 2-o‘rin — Qiziltepa tumani 13-maktabining “Yuristlar” jamoasi;
???? 3-o‘rin — Navbahor tumani 12-maktabining “Lawyers” jamoasi.

Tanlov yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil qaror qabul qilish, ijodiy yondashuv va sahnadagi chiqishlar orqali o‘zini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.