Yangiliklar
Навбаҳор тумани Кескантерак МФЙ ҳудудида жойлашган Маданият уйида "Хотин-қизлар жиноятчилигини олдини олиш ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси" куни муносабати билан хотин-қизлар ўртасида жиноятчиликни олдини олиш, низоли оилалардаги хотин-қизларнинг муаммоларини ўрганиш ва амалий ёрдам бериш мақсадида Навбаҳор туман ҳокими ўринбосари Г.Эргашева, туман ИИБ ЖХХ ХПБ ХКМБ катта инспектори капитан Ю.Гаффарова, туман адлия бўлими бошлиғи А. Асадов, отинойилар, кўчабошилар ва маҳалла ходимлари иштирокида профилактик суҳбат ўтказилди.
Профлактик суҳбат давомида хотин-қизларга ҳуқуқий маслаҳатлар, жиноятчилик ва шу каби салбий ҳолатларни олдини олиш мақсадида тавсиялар берилди.
Навбаҳор тумани ҳудудида хотин-қизлар ўртасида ижтимоий-маънавий муҳит барқарорлигини таъминлаш, жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш мақсадида амалга оширилиши лозим бўлган профилактик чора-тадбирлар бўйича тегишли кўрсатмалар берилди.
Бугун, тумандаги ёшлар марказида 1 февралдан 1 мартгача давом этаётган “Ёшлар орасида гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддалар тарқалишининг олдини олиш ойлиги” доирасида туман ИИБ бошлиғи Анвар Раджапов ҳамда туман ҳокими ўринбосари Нурладин Муратов иштирокида "Раҳбар ва ёшлар" учрашуви бўлиб ўтди.
Тадбирда фаол ёшлар, пробация ва профилактик назоратда турган, оғир тоифага кирувчи ҳамда ишсизлик муаммосига дуч келган ёшлар қатнашди. Улар ўз муаммолари, таклиф ва ташаббусларини билдиришди.
Шунингдек, туман адлия бўлими бошлиғи Улуғбек Тўраев ва туман ИИБ масъуллари томонидан ёшлар орасида гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддалар тарқалишининг олдини олиш унинг оғир оқибатлари ҳақида маълумотлар тақдим этилди ва ҳуқуқий тушунтиришлар берилди.
Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва бандлигини таъминлаш масалалари кенг муҳокама қилинди.
2026-yil 9 fevral sanasida Adliya boshqarmasi hamda Navoiy viloyati “Baxt qasri” markazi tomonidan Navoiy shahridagi 22-sonli maktabda erta nikohning ma’naviy, tibbiy, iqtisodiy hamda huquqiy jihatdan salbiy oqibatlari bo'yicha targ‘ibot tadbiri o'tkazildi.
Seminarlar davomida o‘quvchilarga erta nikohning salbiy oqibatlari hamda sog‘lom oila muhitini yaratishning muhim tamoyillari, jamiyatda oilaning o‘rni va ahamiyati, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbirlar yoshlarni ongli qaror qabul qilish, oilaviy hayotga tayyorlash, ularning kelajagini asrash va sog‘lom jamiyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Adliya bo'limlari tomonidan “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi o‘tkazilmoqda.
????Mazkur huquqiy oylik doirasida fuqarolar va mahalla yettiligiga mulk huquqi hamda uning kafolatlari bo'yicha huquqiy tushuntirish ishlari amalaga oshirilib, sohaga oid 200 dan ortiq targ'ibot materiallari tarqatildi.
Huquqiy oylikning maqsadi quyidagilardan iborat:
ommaviy sayyor qabullar tashkil etiladi;
mahallalarda, mehnat jamoalarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovnomalar tashkil etish;
kadastr organlari tomonidan Qonunga zid ravishda qo‘llanilgan ma’muriy jazo choralarini bekor qilishga ko‘maklashish;
auksion orqali realizatsiya qilingan yer uchastkalari bo'yicha yuzaga keladigan nizolarni hal etish;
fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, ularga amaliy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.
Huquqiy oylik 22-fevral sanasiga qadar davom etadi.
Mulk huquqi bilan bog'liq masalalar yuzasidan adliya boshqarmasi yoki uning hududiy bo'limlariga murojaat qilishingiz mumkin.
“Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasidagi tashrif Mingbuloq ovulida davom etdi.
Tashrif doirasida bir qator profilaktik tadbirlar ham amalga oshirildi.
Jumladan, “Mahalla yettiligi” a’zolari xonadonma-xonadon yurib, aholiga huquqiy va ijtimoiy masalalar, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
Tuman IIB xodimlari ishtirokida profilaktik ko‘rik o‘tkazilib, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Tuman adliya bo‘limi xodimlari aholiga huquqiy tushuntirishlar berib, qonuniy masalalar bo‘yicha maslahatlar berdi, shuningdek, ijtimoiy tartibni saqlash va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib bordi.
Tuman Qizilqum madaniyat uyi ijodkorlari esa mahallaga tashrif chog‘ida madaniy-ommaviy chiqish va konsert dasturi orqali aholini jalb qilib madaniy xordiq ulashdi.
Bundan tashqari, “Favqulodda vaziyatlardan xoli mahalla” oyligi doirasida qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borildi: isitish moslamalari, gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in va is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
KARMANA TUMANIDA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN NAVBATDAGI TADBIR O‘TKAZILDI
Haftaning juma kuni “Oilaviy ajrimlar bilan ishlash” kuni munosabati bilan Karmana tumanining Azamat mahallasida tashkil etilgan “Oila maskani”da muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oila sudi raisi G.Yakubov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i A. Xolmo‘minov, tuman FXDYo mudiri J.Annaqulov, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Shomiyeva hamda Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a’zolari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan 15 nafar oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi. Mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan oilalardagi kelishmovchiliklarning sabablari o‘rganilib, ularni bartaraf etish, oilani saqlab qolish bo‘yicha huquqiy, psixologik va ijtimoiy tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur huquqiy oylik doirasida Nurota va Karmana tumanida yashovchi fuqarolar va mahalla yettiligiga mulk huquqi hamda uning kafolatlari bo'yicha huquqiy tushuntirish ishlari amalaga oshirilib, sohaga oid 100 ga targ'ibot materiallari tarqatildi.
Huquqiy oylikning maqsadi quyidagilardan iborat:
????mulk huquqi kafolatlari xususida huquqiy tushuntirish ishlari;
????ommaviy sayyor qabullar tashkil etiladi;
????mahallalarda, mehnat jamoalarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovnomalar tashkil etiladi;
????kadastr organlari tomonidan Qonunga zid ravishda qo‘llanilgan ma’muriy jazo choralarini bekor qilishga ko‘maklashish;
????auksion orqali realizatsiya qilingan yer uchastkalari bo'yicha yuzaga keladigan nizolarni hal etish;
????fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, ularga amaliy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatiladi;
????huquqiy targ‘ibot materiallari — videoroliklar, infografikalar, buklet va flayerlar tarqatilishi.
Kiberjinoyatchilik hamda onlayn firibgarlik ortidan hozirgi kunda ko'plab fuqarolarimiz soniyalar ichida o'z mablag'lari va omonalaridan ayrilib qolishmoqda...
Shunga ko'ra, firibgarlar va kiberjinoyatchilar tuzog’iga tushib qolmaslik uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling:
Foizsiz kredit yoki oson boyib ketish aldovlariga ishonmang va ularga pul tashlab bermang;
Shubhali bo‘lgan qo‘rg‘iroqlarga umuman javob bermang;
Sizga telefon qilgan bank yoki boshqa tashkilot xodimi sifatida o‘zini tanishtirgan shaxslarga bank hisob raqamlaringiz yoki omonatlaringiz to‘g‘risidagi ma’lumotlaringizni bermang;
Ilovalarni rasmiy manbalardan oling;
Shaxsiy akkountingizni ikki bosqichli parollar bilan himoyalang;
Telegram orqali kelgan APK (virus) fayllarni zinhor ocha ko‘rmang;
Notanish va shubhali havolalarni ochmang va ularni tarqatmang;
Sizning telefoninggizga kelgan SMS tasdiqlash kodlarini hech kimga aytmang.
Навбаҳор туман "Оила маскани"да туман ҳокими ўринбосари, Оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Г.Эргашева ва масъуллар билан биргаликда низоли ва ажрим ёқасидаги яраштириш мухокамаси бўлиб ўтди.
Жараёнларда оилаларнинг ўзаро келишмовчилик сабаблари ўрганилди, фарзандлар тақдирига бефарқ бўлмасликлари тушунтирилди.
Оилаларга таъкидландики
Оила жамиятнинг асосий бўғини ва муқаддас қўрғон ҳисобланиб, унинг мустаҳкамлиги давлат сиёсати даражасидаги муҳим масала сифатида кун тартибига чиқмоқда. Оилавий ажримларнинг олдини олиш ва оила институтини мустаҳкамлаш бўйича тизимли ишлар давом эттирилаётгани таъкидланиб, ажримларнинг икки томонга ҳам ачинарлиси, болаларнинг ҳаётига салбий таъсири ҳақида сўз борди.