Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

16
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — kelajak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor!

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — kelajak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor!

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri  (https://census.stat.uz)  aniq hamda ishonchli ma’lumotlar asosida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini rejalashtirishga xizmat qiladi.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasining barcha rahbar va xodimlari ushbu muhim jarayonda faol ishtirok etib, onlayn tarzda to'liq ro‘yxatdan o‘tish orqali barchaga shaxsiy namuna ko‘rsatdi.

Har bir ishtirok — kelajak uchun muhim qadam!

15
Mahallalar mas'ul rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi

“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–1-son, 05.01.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha samarali tizimni yo'lga qo'yishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida 2026-yilda mas'ul rahbarlar va muassasalarga mahallalar nomma-nom biriktirilishi belgilandi.

Shu munosabati bilan tuman  va shahar adliya bo'limlariga, DXM va FHDY bo'limlariga tashrif buyurgan fuqarolarga PQ-1-son qaror mazmun-mohiyati, shu jumladan firibgarlik, korrupsiya va boshqa shu kabi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan 150 dan ortiq tarqatma materiallar tarqatildi.

14
Mahallalar mas'ul rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi

“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–1-son, 05.01.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha samarali tizimni yo'lga qo'yishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida 2026-yilda mas'ul rahbarlar va muassasalarga mahallalar nomma-nom biriktirilishi belgilandi.

Shu munosabati bilan tuman  va shahar adliya bo'limlariga, DXM va FHDY bo'limlariga tashrif buyurgan fuqarolarga PQ-1-son qaror mazmun-mohiyati, shu jumldan firibgarlik, korrupsiya va boshqa jinoyatlarga oid 200 dan ortiq tarqatma materiallar tarqatildi.

13
#JAMOA_KELISHUVING_MUHOKAMASI

Xatirchi tuman madaniyat markazida Xatirchi tumani MMTB hamda Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Xatirchi tuman boʻlinmasi kengashi oʻrtasida 2024–2026-yillarga moʻljallangan jamoa kelishuvining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi.

Yig‘ilishda  Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mas’ul tashkilotchisi A.Bobomurodova, Xatirchi tuman Adliya bo‘limi bosh yurist konsulti J.Primov, Xatirchi tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mehnat huquqi inspektori U.Beknazarov va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida jamoa kelishuvi doirasida amalga oshirilgan ishlar, ta’lim xodimlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash  bo‘yicha mas’ullar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Uchrashuv yakunida kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

09
Navoiy garnizonida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 8 - yanvar kuni Navoiy garnizonidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida "Huquqiy madaniyatni yuksaltirish – jinoyatchilikni oldini olishning muhim shartidir" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Navoiy viloyati adliya hamda ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilarga jinoiy xatti-harakatlarning salbiy oqibatlari, ularni oldini olishda huquqiy madaniyatning o‘rni, qonun ustuvorligini ta’minlashdagi fuqarolik mas’uliyati yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.

Tadbir yakunida “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–1-son, 05.01.2026-y.) mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

30
XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI

XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI

Joriy yilning 29-dekabr kuni Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tomdi tuman adliya bo‘limi xodimi I.Abdullayev tomonidan 2025-yilning sentabr-noyabr oylari davomida Tomdi tumanidagi mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlarida huquqiy mahalla loyihasi o‘tkazilganligi va loyiha doirasida mahalla va ovul fuqarolar yig‘inida birlamchi minimal standartlar ijrosi belgilangan talablarga muvofiqlik darajasi o‘rganilganligi bo'yicha hisobot berildi.

30
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining XVIII sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining XVIII sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi  sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Unda tuman hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim masalalar muhokama qilindi.                                                                                                                          Sessiya kun tartibida Tuman adliya bo‘limi tomonidan  2025-yil dekabr oyi  davomida amalga oshirgan ishlari hamda norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati haqida va  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida "Mingbuloq OFY da amalga oshirilgan ishlar haqida so`z yuritildi.

29
Yangi yil — bolalar kulgusi va mehr saroyi

Yangi yil — bolalar kulgusi va mehr saroyi

Viloyat adliya boshqarmasi kasaba uyushmasi tomonidan tizim xodimlarining farzandlari uchun Yangi yil bayrami munosabati bilan bayramona sovg‘alar tayyorlandi.

Bu e’tibor va g‘amxo‘rlik — kelajagimiz bo‘lgan bolajonlar qalbida quvonch, yuzlarida tabassum ulashish, ularga bayram shodligini his ettirish maqsadida amalga oshirildi.

Farzandlar baxti — xodimlarimizning ruhiy quvvati, ishga bo‘lgan mehri va sadoqatining mustahkam poydevoridir.

Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu g‘amxo‘rlik tadbiri har bir oilaga bayram kayfiyati ulashаdi.

24
Fuqaro 35 yillik orzusiga erishdi!

Fuqaro 35 yillik orzusiga erishdi!

Navoiy shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro
A.Gning O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishda amaliy yordam berishni so‘rab yo'llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro 1970-yilda tug'ilgan bo'lib,  O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab kelayotgan bo'lsada, shu vaqtdan boshlab fuqaroning O'zbekiston Respublikasida doimiy ro'yxatga qo'yilganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan.

O‘zbekiston Respublikasi FPKning 295-moddasiga binoan fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki tugashiga sabab bo‘ladigan faktlarni sud aniqlashi belgilangan.

Natijada, fuqaro A.Gning O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab kelayotganlik  faktini belgilash bo'yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilib, fuqaroning 15 yildan ortiq doimiy yashab kelayotganlik fakti tasdiqlangan.

22
O'qtuvchiga to'lanmay qolgan ustamalar to'lab berilishi ta'minlandi.

O'qtuvchiga to'lanmay qolgan ustamalar to'lab berilishi ta'minlandi.

Nurota tumanidagi o'qituvchi I.Uning rus tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikati bo'lsada, rus tili sinflari uchun o'tilayotgan dars soatlariga kam miqdorda (20 foiz) ustama to'lanayotganligi xususida tuman adliya bo'limidan amaliy yordam so'ragan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
21-fevraldagi PF-37-son Farmonining 12-bandiga binoan 2025-yil 1-yanvardan boshlab milliy sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlar (tarix hamda ona tili va adabiyoti)dan dars beruvchi pedagog kadrlarga tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

Shunga ko'ra, tuman adliya bo'limi tomonidan maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritilib, natijada o'qituvchi foydasiga 2 089 723 so'm miqdorda to'lanmasdan qolgan ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi.