Yangiliklar
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
????Bugun Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi chaqiriq o'n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
????Unda tuman hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim masalalar muhokama qilindi.
???? Sessiya kun tartibida Tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil noyabr oyi davomida amalga oshirgan ishlari hamda norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati haqida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida so'z yuritildi.
Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasiga start berildi.
???? Loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalaridan tarkib topgan “Targ‘ibot poyezdi” va adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Navoiy shahridagi 23-sonli maktab o‘quvchilari bilan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
????Uchrashuv davomida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga oid turli interfaol oʻyinlar, viktorinalar tashkil etildi.
Nurota tuman adliya bo'limiga yangi rahbar tayinlandi
Navoiy viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.
????Tadbirda boshqarma jamoasiga mamlakatimizdagi ekologik holat va mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumlada qonunchilikka kiritilayotgan o'zgartirishlar xususida ma’lumotlar berildi.
????Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning siyosiy savodxonligini oshirish, ularni mamlakat va dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida xabardor qilib borishdan iboratdir.
Navoiyda “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi — g‘oliblar aniq!
Umumta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” respublika tanlovining Navoiy viloyati bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Viloyat bosqichida tuman va shahar bosqichlarida yetakchi bo‘lib chiqqan 11 ta jamoa savol-javob, test sinovi hamda sahna ko‘rinishlari orqali bilim va mahoratini namoyish etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
???? 1-o‘rin — Navoiy shahar 11-IDUMning “Kelajak” jamoasi;
???? 2-o‘rin — Qiziltepa tumani 13-maktabining “Yuristlar” jamoasi;
???? 3-o‘rin — Navbahor tumani 12-maktabining “Lawyers” jamoasi.
Tanlov yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil qaror qabul qilish, ijodiy yondashuv va sahnadagi chiqishlar orqali o‘zini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbat