Yangiliklar
⚖️ Viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari bilan kontrafaktga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari tashkil qilindi.
????Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda kontrafakt mahsulotlarning yashirin ishlab chiqarilishi va ularni realizatsiyasini oldini olish yuzasidan tadbirkorlik faoliyatiga aralashmagan holda targ’ibot tadbirlari amalga oshirildi.
????Unda tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni tayyorlash, qoʻllash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish tovar belgisiga doir qonunchilikni buzish hisoblanishi, ushbu xarakatlar uchun javobgarlik choralari mavjudligi haqida tushunchalar berildi.
????Tadbir davomida kontrafakt mahsulotlar kataloglari va boshqa targʻibot materiallari tarqatildi.
???? Karmana va Navbahor tumani hamda G'ozg'on shahar adliya bo'limlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ-1-son “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini amalga oshirish yuzasidan targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.
????Mazkur tadbirlar doirasida tuman (shahar)larda joylashgan mahalla fuqarolari yig'inlari binolarida "mahalla yettiligi" va fuqarolari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar doirasida:
- jinoyatchilikning oldini olishda aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik masʼuliyatini oshirish hamda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq masʼuliyatini belgilash bo'yicha tushuntirish berildi;
- korrupsiya, kiberxavsizlik, internet firibgarligi va "moliyaviy piramidalar" hamda mazkur turdagi jinoyatlardan himoyalanish usul va vositalari xususida tushuntirish berildi;
????Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan bozorlar, savdo shahobchalarida intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
✅Unda tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish va shunga o‘xshash boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi ekanligi haqida tushunchalar berildi.
✅Shuningdek, sotuvchilarga kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining salbiy oqibatlari tushuntirilib, asl mahsulotni tanlash va sotib olish bo‘yicha tayyorlangan kataloglar tarqatildi.
✅Joylarda kontrafakt mahsulotlar sotilayotganlik holatlari aniqlanib, sotuvchilarga bular kontrafakt mahsulot ekanligi, ularning inson sog‘lig‘iga va huquq egasining tadbirkorlik faoliyatiga zararlari haqida tushuntirishlar berildi.
????Viloyat hamda tuman hokimliklari tomonidan 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan bir nechta xotin-qizlarga hurmat va ehtirom ko'rsatilib, ularning jamiyat hayoti hamda adliya tizimidagi fidokorona mehnati e'tirof etildi.
Xususan:
????Y.Aralova Navbahor tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi mudirasi;
????G.Beknazarova Karmana tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi 1-toifali inspektori;
????D.Sag'dullayeva Xatirchi tuman adliya bo'limi DXM yetakchi mutaxassissi.
????Bayram munosabati bilan ularning mashaqqatli mehnatlari uchun tashshakkurnoma hamda esdalik sovg'alari topshirilib, ko'tarinki kayfiyat ulashildi.
????Adliya boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz!
???? Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Navoiy viloyat madaniyat boshqarmasida mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sohaga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan seminar o'tkazildi.
????Tadbirda mualliflik huquqi to'g'risidagi qonun hujjatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida, savol-javoblarga boy tarzda bo'lib o'tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ–1080-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Seminarda:
???? Hayotiy misollar,
???? Qiziqarli savol-javoblar,
???? va eng muhimi – ijodkorlikka nisbatan mas’uliyatli yondashuv haqida suhbatlar bo‘ldi.
????Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Navoiy davlat universitetida intellektual mulk sohasiga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
????Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – talabalarning intellektual mulk huquqi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni huquqiy himoya qilish tartiblari haqida atroflicha ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
????Seminar davomida mutaxassislar tomonidan mualliflik huquqi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi hamda tovar belgilariga oid qonunchilik normalari tushuntirildi.
❗️Mazkur seminarlar yoshlarning innovatsion faolligini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizda intellektual mulk madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
???? Navbahor tumanida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, oilaviy ajrimlarni oldini olish, notinch va nizoli oilalardagi muammolarni o‘rganish va hal qilish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida oila maskanida oilalarning yarashtirish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
???? Tadbirda tuman FHDYo bo`limi mudirasi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a’zolari ishtirok etdi.
✔️ Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan 4 nafar oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi. Mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan oilalardagi kelishmovchiliklarning sabablari o‘rganilib, ularni bartaraf etish, oilani saqlab qolish bo‘yicha huquqiy, psixologik va ijtimoiy tavsiyalar berildi.
❤️ Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi Navoiy shahar davlat xizmatlari markazida bo'lib o'tdi.
❤️ Tadbirda Navoiy davlat universiteti, Navoiy viloyat yuridik texnikumi hamda boshqa ta'lim muassasalarining yoshlari ishtirok etishdi.
❤️Muloqot davomida ularga DXM faoliyati, tizimda joriy etilayotgan qulayliklar va mavjud shart-sharoitlar xususida ma'lumot berilib, xizmatdan foydalanish jarayoni amaliy misollarda ko'rsatib o'tildi.
❗️Aytib o'tish joizki, bugungi kunda DXMlar tomonidan fuqarolarga 450 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda. Fuqarolar asosan kadastr hujjatlari, farzandini MTMlarga navbatga qo'yish, tadbirkorlik sohasiga oid turli yo'nalishlarda xizmatlardan foydalanib kelishmoqda. Uchrashuv davomida yoshlar mazkur xizmatlarni ko'rsatish amaliyoti bilan bosqichma-bosqich tanishdilar. Shuningdek, muloqot yakunida yoshlarga adliya organlari tomonidan tayyorlanayotgan tarqatma materiallari taqdim etilib, ularning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Yoshlar o'z tashabbuslariga ko'ra, davlat xizmatlariga tashrif buyurgan fuqarolarga targ'ibot materiallarini adliya xodimlari ishtirokida tarqatib, interaktiv muloqot o'tkazdilar.
????Navoiy viloyati adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Navoiy shahridagi savdo shahobchalarida intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
???? Unda tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish va shunga o‘xshash boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi ekanligi haqida tushunchalar berildi.
???? Shuningdek, sotuvchilarga kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining salbiy oqibatlari tushuntirilib, asl mahsulotni tanlash va sotib olish bo‘yicha tayyorlangan kataloglar tarqatildi.
???? Joylarda kontrafakt mahsulotlar sotilayotganlik holatlari aniqlanib, sotuvchilarga bular kontrafakt mahsulot ekanligi, ularning inson sog‘lig‘iga va huquq egasining tadbirkorlik faoliyatiga zararlari haqida tushuntirishlar berildi.
Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida intellektual mulk sohasiga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – talabalarning intellektual mulk huquqi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni huquqiy himoya qilish tartiblari haqida atroflicha ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan mualliflik huquqi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi hamda tovar belgilariga oid qonunchilik normalari tushuntirildi.
Mazkur seminarlar yoshlarning innovatsion faolligini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizda intellektual mulk madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.