Yangiliklar
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarilishi va tarqatilishini aniqlash bo‘yicha Navoiy viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi savdo obyektlari, bozorlar hamda dorixonalarda tadbirlar o'tkazildi.
Savdo obyektlari mas'ul xodimlariga kontrafakt mahsulotlarni asl mahsulotlardan farqlash, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasini oldini olish maqsadida bunday mahsulotlarni savdoga taklif etmaslik bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonuni bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi, shuningdek adliya organlariga kontrafakt mahsulotlarni ko‘zdan kechirish va xatlash vakolatlari berilganligi tushuntirildi.
Bugun adliya boshqarmasida talabalar, muddatli harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirokida ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida viloyat arxivi, FHDY organlari hamda intellektual mulk sohasi faoliyati haqida ko'rgazma pavilionida yaqindan tanishdilar.
"Ochiq eshiklar kuni" loyihasi doirasi so'ngida "Yoshlar-tur" va "Tengdoshimga huquqiy yordam” kabi tadbirlar ham o'tkazildi.
Navoiy shahar adliya bo'limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2025-yil 21-noyabrdagi 735-son qarori mazmun-mohiyati va qaror ijrosini amalga oshirish mexanizlari yuzasidan shahar obodonlashtirish boshqarmasining qabriston mudir (nazoratchisi) lari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida sohaga oid qabul qilingan so'ngi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati xususida ba'tafsil axborot berildi.
Nurota tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmoni va PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish maqsadida, shu jumladan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha olis hudud hisoblangan “Temirqovuq” va “Kattasoy” MFYlarida "Adliya kuni" tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida MFY yettiligi hamda aholi bilan uchrashilib ularning muaommalari tinglandi hamda bildirilgan huquqiy muammolar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan esa “Temirqovuq” MFYda o‘rnatilgan “infokioska” orqali sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, ushbu hududlarda adliya bo‘limiga biriktirilgan yoshlar bilan manzilli uchrashish maqsadida, ularning xonadonlariga uyma-uy kirilishi ta’minlandi.
Tibbiyot xodimlarining mehnat huquqlari tiklandi
Uchquduq tuman adliya bo'limi tomonidan Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi Uchquduq tuman bo’limining 3 yillik faoliyati o’rganildi.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son Qarori ijrosi tahlil qilinganda xodimlarga uzoq yillik mehnat staji ustamalar hamda toifa razriyadlar bo'yicha kam ish haqi hisoblanganligi aniqlangan.
Aniqlangan qonunbuzulish holatlari yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritilishi natijasida xodimlarga 17 mln so‘mlik ustama va boshqa to‘lovlar undirib berildi.
9-dekabr — Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Qiziltepa tumani 2-sonli Politexnikumda Qiziltepa tuman adliya bo'limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning burchimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi qonun hamda boshqa qonun hujjatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiya millat zavoli ekanligi unga faqat birgalikda kurashishimiz lozimligi shuningdek fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hissini shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish "Halollik vaksinalari" va "Odob-axloq qoidalari" yo‘nalishida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Tadbir so'ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berilib mavzu yuzasidan tarqatma materiallar flayer va bukletlar tarqatildi.
O'qtuvchiga to'lanmay qolgan ustamalar to'lab berilishi ta'minlandi.
Nurota tumanidagi o'qituvchi I.Uning rus tili va adabiyoti fanidan milliy sertifekati bo'lsada, rus tili sinflari uchun o'tilayotgan dars soatlariga kam miqdorda (20 foiz) ustama to'lanayotganligi xususida tuman adliya bo'limidan amaliy yordam so'ragan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
21-fevraldagi PF-37-son Farmonining 12-bandiga binoan 2025-yil 1-yanvardan boshlab milliy sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlar (tarix hamda ona tili va adabiyoti)dan dars beruvchi pedagog kadrlarga tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.
Shunga ko'ra, tuman adliya bo'limi tomonidan maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritilib, natijada o'qituvchi foydasiga 2 089 723 so'm miqdorda to'lanmasdan qolgan ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi.
Yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, Konstitutsiya bilan bog‘liq bilimlarni mustahkamlash hamda ijtimoiy faollikni yanada kuchaytirish maqsadida O‘zNNTMA Navoiy viloyati hududiy bo‘limi, Viloyat Adliya boshqarmasi, “Fidoiy yoshlar” teleklubi hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” shiori ostida qisqa videoroliklar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. (https://t.me/tanlovVideoNNT)
Tadbirga 150 ga yaqin ijodkor yoshlar, blogerlar, talabalar hamda huquqshunoslikka qiziquvchi ishtirokchilar o‘z ijod mahsullari bilan qatnashdi. Har bir videorolikda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, inson huquqlari, erkinliklari va fuqarolik burchi yoritilishi, hikoya uslubi hamda ijodkorlik yondashuvi alohida baholandi.
Ko‘rik-tanlov yakunida eng faol, eng mazmunli va badiiy jihatdan yorqin videoroliklar saralab olindi hamda diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–371-son, 11.12.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi quyidagi sohalarda maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi:
axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazoratini amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalarini ro'yxatga olish hamda ular tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish;
bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish.
2027-yil 1-yanvargacha quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushiriladi:
aholi istiqomat qilayotgan, jumladan, olis va chekka hududlardagi raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohalarida ko'rsatilayotgan xizmatlarni monitoring qilish;
axborot tizimlari, resurslari, dasturiy mahsulotlar va ma'lumotlar bazalarida yuzaga kelgan uzilish yoki to'xtalish holati bo'yicha tegishli choralar ko'rish;
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tezkor ko'rib chiqilishini tashkil etish.
Bugun Davlat xizmatlari markazlari tashkil topganiga 8 yil to'ldi. Sana munosabati bilan Navoiy shahar adliya bo'limi DXM xodimlari fuqarolar uchun esdalik sovg'alari tayyorladilar.