Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

06
3 SOATDAN ORTIQ DAVOM ETGAN SAYYOR QABUL

Har bir murojaat — e’tiborda.

✅ Har bir insonning murojaati ortida uning hayotiga daxldor muhim masalalar, kundalik tashvishlar va yechimini kutayotgan muammolar mujassam. Ba’zan bu oddiy maishiy masala bo‘lishi mumkin, ba’zan esa yillar davomida hal etilmagan murakkab muammo. Shu bois murojaatlarga befarq qaramaslik, ularni chuqur o‘rganib, adolatli yechim topish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

????Murojaat qachon qanoatlantirilgan deb hisoblanadi? Albatta, u belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, unda ko‘tarilgan har bir masalaga asosli va aniq javob berilgandagina. Bu jarayonda mas’ul xodimlardan yuksak mas’uliyat, halollik va fidoyilik talab etiladi. Shu bilan birga, murojaat qiluvchi fuqarolardan ham murojaat madaniyatiga rioya qilish, masalani aniq va asosli bayon etish muhim ahamiyat kasb etadi.

06
#adliya_xabari

Navbahor tuman adliya bo'limi,FHDY bo'limi tomonidan PQ-1  va "Nizoli oilalar bilan ishlash"  doirasida Navbahor tuman adliya bo'limi FHDY mudirasi Y.Aralova tomonidan Navbahor tumani "Oila maskani"fa  nizoli oilalar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
     
Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi.

03
NAQD PULSIZ HISOB-KITOB AMALGA OSHIRILISHI FUQAROLAR UCHUN QAY DARAJADA QULAY...?

Mamlakatimiz rahbarining 2025-yil 10-dekabrdagi 246-son farmoni hisob-kitoblarni amalga oshirishda yangi bosqichni boshlab berdi.
????Mazkur farmon ijrosi yuzasidan  Navoiy viloyati notariuslari respublikada birinchilardan bo'lib notarial harakatlarni amalga oshirdi.
Bugun Navoiy telekanalining "Jamiyat va qonun" teledasturida Adliya boshqarmasi vakillari va xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar intervyusi orqali farmon mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

03
#Yoshlar_kuni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-sonli qaroriga muvofiq  nikohlanuvchi yoshlarga hayotiy muhim saboqlar berib borilishi Uchquduq tumanida ham yo'lga qo'yilgan.

Tumanda tashkil etilgan mazkur o'quvda tuman hokimi o'rinbosari N.Najmiddinova, tuman bosh otinoyisi O.To‘raqulova, tuman  “Oqila ayollar” harakati  a'zosi Sh.Sharipova, tuman Adliya bo'limi mutaxassisi S.Rajabova, tuman tibbiyot birlashmasi "Salomatlik markazi"rahbari  G.Kojaxmetovalar  ishtirok etdi.

Ular tomonidan   nikohlanuvchi yoshlarga sog‘lom oila qurish, oilaviy mas’uliyat, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi va huquqiy bilimlar yuzasidan amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi hamda oila muqaddas dargoh ekani, unga hurmat, fidoyilik va sabr-toqat bilan yondashish kerakligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

03
Navoiyda DXMlardan yana bir yangilik

Bugungi kunda DXMlarda 500dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda. Shu bois, markazlarga fuqarolar tashrifi ortgan.Bunday paytda navbat bilan bog'liq masalalar yuzaga kelishi tabiiy hol. Navoiy viloyatida ana shunday vaziyatlarda markazga xizmat olish uchun kelgan fuqarolarga yana bir qulaylik taklif etilmoqda. Mazkur amaliyot bilan videolavhada batafsil tanishishingiz mumkin.

02
#adliya_aksiya

Adliya vazirining buyrug‘iga muvofiq 2026-yil 12-martdan 12-aprelga qadar "Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari" huquqiy aksiyasi o‘tkazilishi korsatilgan.

✅ Nurota tumani adliya hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi mas‘ullari bilan hamkorlikda  tumanning "Bo‘ston"  va "Avazsoy" mahallalarida "Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari" nomi ostida sayyor qabul va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.  

????Xotin-qizlarlarni qiynab keladigan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib

02
Yoshlar sud-ekspertiza faoliyati bilan tanishmoqchi..

✅Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti huzuridagi akademik litseyda adliya boshqarmasi boshlig'i ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

✅Bunda yoshlarning TDYUga kirish ko'rsatgichlari, huquqiy ta'lim, amaliyot va nazariyaning uyg'unlashuvida dliya organlarining o'rni hamda kiberxavfsizlik masalalari bo'yicha savollar ko'tarildi.

✅Shuningdek, yoshlar sud ekspertiza faoliyati bian yaqindan tanishishga katta qizig'ish bildirdilar. Boisi, uchrashuvda nainki huquqshunos bo'lish istagidagi yoshlar balki texnika yo'nalishida tahsil olayotganlar ham avtomashinalarni ekspertizadan o'tkazish jarayoniga qiziqish bildirishdi.

✅Uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Ta’kidlash joiz, bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

01
MUVAFFAQIYAT SIRI

Navoiy viloyat adliya boshqarmasida “Muvaffaqiyat siri” mavzusida motivatsion uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

????Tadbir mehmoni Ibrohim Latipov. U bodibilding sport turi bo'yicha Jahon va Osiyo chempioni, shu jumladan 4 karra O'zbekiston chempioni.

???????? I.Latipov 2026-yil mart oyida AQSHda bo‘lib o‘tgan nufuzli bodibilding musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib 90 kg vazn toifasida barcha raqiblarini ortda qoldirib, mutloq

01
Mualliflik va turdosh huquqlar: muhim bilimlar targ‘ib qilindi

"PROFI UNIVERSITY" xususiy universiteti Navoiy viloyat fillialida “Mualliflik va turdosh huquqlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

✅Mazkur tadbirda soha mutaxassislari tomonidan mualliflik huquqi tushunchasi, uning ahamiyati hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan normalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, turdosh huquqlar, ya’ni ijrochilar, fonogramma ishlab chiqaruvchilar va efir hamda kabel orqali eshittirish tashkilotlarining huquqlari yuzasidan ham tushuntirishlar olib borildi.

✅Seminar davomida mualliflik huquqlarini himoya qilish, intellektual mulk obyektlaridan qonuniy foydalanish, noqonuniy ko‘chirish va tarqatish holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.

01
#adliya_jinoyatchilikka_qarshi

Navbahor tumani adliya bo'limi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ-1-son “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini amalga oshirish yuzasidan targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.

????Mazkur tadbirlar doirasida " Yangiobod", "Chorvoqguzar" mahallasi fuqarolari, mahalla yettiligi ishtirokida uyma -uy yurgan holda ochiq muloqotlar va davra suhbatlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar doirasida:
- jinoyatchilikning oldini olishda aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik masʼuliyatini oshirish hamda “mahalla yettiligi”