Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

11
#adliya_xabari

"Ziyokor" mahallasida adliya hamda ichki ishlar bo'limlari mas'ullari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan nizoli oillar bilan olib borilayotgan ishlar hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbirlari bo'lib o'tdi.

❤️Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Mazkur tadbirlar doirasida:
- jinoyatchilikning oldini olishda aholining huquqiy ongi, ijtimoiy

10
#hamma_baxtli_bo'lishga_haqli (http://t.me/Navoiy_adliya)

Tuman adliya bo‘limlari, Oila va xotin-qizlar bo‘limlari,  diniy tashkilot vakillari hamda mahalla xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda, joriy yilning 10-aprel kuni tumanlardagi oila maskanlari hamda mahallardagi ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi hamda tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

????Tadbir davomida oilaviy muammolar tahlil qilinib, oilaviy totuvlik va oila muqaddasligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Natijada, 2 ta oila yarashtirildi, qolgan 1 ta oilaga esa vaziyatni chuqurroq o‘ylab ko‘rish va o‘zaro kelishuv asosida oilani saqlab qolishlari uchun muddat belgilandi.

????Muhokama jarayonida, Oila - jamiyatning asosiy bo‘g‘ini va muqaddas qo‘rg‘on hisoblanib, uning mustahkamligi davlat siyosati darajasidagi muhim masala sifatida kun tartibiga chiqayotganligi, oilaviy ajrimlarning oldini olish va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilayotgani ta’kidlanib,  ajrimlarning ikki tomonga  ham achinarlisi, bolalarning hayotiga salbiy ta’siri haqida so‘z bordi.

10
#adliya_targ'ibot (https://t.me/Navoiy_adliya)

Bugun Jazoni ijro etish departamenti beshinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazining barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida O'zbekiton Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni (PF–246-son, 10.12.2025-y.) yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.


✅ 2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to'lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to'lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:

09
#yoshlar_kuni

✅9-aprel sohibqirov Amir Temur tavallud topgan kun. Shu kuni Navoiy viloyat adliya organlari tomonidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi loyihasi doirasida harbiy qismga yoshlar tashrifi tashkil etildi. Yoshlar Qurolli Kuchlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

✅Harbiy qismdagi tadbirlar adliya boshqarmasida  tashkillashtirilgan Bahodir Yalangto’sh tarixiy badiiy filmi namoyishiga ulandi. Tadbir davomi Navoiy davlat universiteti hamda yuridik texnikum talabalari ishtirokida film muhokamasi bo'lib o'tdi.

✅Rahbar va yoshlar uchrashuvi loyihasi doirasida psixologik va motivatsion trening ham tashkil etildi. Aytib o’tish joizki trening ishtirokchilarining aksariyati huqushunos bo’lish istagidagi yoshlardan iborat bo’lgani bois, suhbat bo’lajak yurist imedji va huquqiy jamiyatda maqsadni aniq qo’yish mavzusidan bashlandi.

09
"Intellekt" musobaqasining ilk bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan “Intellekt” musobaqasining ilk ochilish o‘yinida viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, tadbirni tantanali ravishda ochib berdi.

????Intellektual bahsda ishtirokchilar fevral va mart oylarida mutolaa uchun tavsiya etilgan "Boburnoma", "Yulduzli tunlar" hamda "O‘tgan kunlar" asarlari asosida tuzilgan “Zakovat” savollariga faol va bilimdonlik bilan javob berdilar.

???? Mazkur o‘yin viloyatdagi 8 ta huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar hamda muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida yuqori saviyada tashkil etildi.

⚖️ Birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, yuqori natijalarni qayd etgan holda Adliya boshqarmasi jamoasi peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

09
Nurota tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Nurota tumani 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida Navoiy viloyatining huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari tomonidan ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Navoiy viloyati prokurori A.Mullajonov, Nurota tumani hokimi A.Fayziyev, Adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari D.Xusanov shuningdek, viloyat va tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida murojaat bildirgan fuqarolarning masalalari tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul aholining muammolarini eshitish va ularni manzilli hal etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

08
“E’TIBOR MARKAZI”DA - “NAQDSIZ HISOB-KITOBNI AMALGA OSHIRISH” MAVZUSI

Prezidentning 10.12.2025 yildagi PF-246-son Farmoniga muvofiq, 2030 yilga borib Oʼzbekistonda kuzatib boʼlmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 barobarga qisqartirish, savdo va xizmat koʼrsatish sohasida aholining naqd pulsiz toʼlovlarini 75 foizga, rasmiy band boʼlganlar ulushini esa 64 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Yana bir maqsad – iqtisodiy erkinlik va korrupsiyani qabul qilish boʼyicha xalqaro reytinglarda kamida 30 pogʼonaga koʼtarilish.

Qatʼiy vositalar tanlangan – majburiy naqd pulsiz hisob-kitoblar, yagona QR-kod orqali nazorat va soliq maʼmuriyatchiligini kuchaytirish.

08
YURT TINCHLIGI AVVALO OILADAN BOSHLANADI

Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi.

✍️ Abdurauf  FITRAT

⚖️ "Ijtimoiy profilaktika haftaligi" va har haftaning chorshanba kuni "Yosh oilalar bilan ishlash kuni" doirasida Navbahor tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi tomonidan PQ-1  va "Nizoli oilalar bilan ishlash"  doirasida Navbahor tuman adliya bo'limi va  FHDY organi xodimlari  tomonidan Navbahor tumani "Oila maskani"da  nizoli oilalar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
     
Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi.

07
#huquqiy_aksiya

  Adliya vazirining buyrug'iga muvofiq 2026-yil 12-martdan 12 aprelga qadar "Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari" huquqiy aksiyasi o'tkazilishi ko'rsatilgan.

✅Navbahor tumani adliya bo'limi  tashabbusi bilan  tumanning yangi tashkil etilgan "Kelajak markazi" binosida aholi o'rtasida "Huquqiy maslahat beramiz" nomi ostida ochiq muloqot  tashkil etildi.  Xotin-qizlarlarni qiynab keladigan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib berishda amaliy yordam ko'rsatildi. Shu munosabat bilan, Xotin-qizlar uchun imtiyozli kredit ajratish, ayollar tadbirkorligi, ularning mehnatda kamsitilishini ta'qiqlash, ish vaqtidan tashqari ishlash, homilaqorlik va tug'ish ta'tillari berish tartibi, aliment undirish, ular uchun qonunchilikda belgilangan qo'shimcha kafolatlar hususuda ham amaliy yordam berilmoqda.

???? Mamlakatimizda "Xotin-qizlarga huququy ko`mak"  nafaqat mart-aprel oiyida, balki butun yil davomida amalga oshiriladi.

07
#HUQUQIY_AKSIYA

Adliya vazirining buyrug‘iga muvofiq 2026-yil 12-martdan 12-aprelga qadar "Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari" huquqiy aksiyasi o‘tkazilishi korsatilgan.

????️ Karmana tuman adliya hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi mas‘ullari bilan hamkorlikda  shaharning "Do'stlik" mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiladigan xotin-qizlar uchun "Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari" nomi ostida sayyor qabul va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. 
Xotin-qizlarlarni qiynab keladigan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
        Shuningdek, “Xotin-qizlarga berilgan imtiyozlar" to‘g‘risida  tarqatma materiallar tarqatildi.

???? Barcha xotin-qizlarni huquqiy aksiya tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlamiz.