Yangiliklar
Navoiy shahar “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda yashovchi aholi uchun huquqiy- madaniy targ'ibot tadbirlarini o'tkazildi.
Targ'ibot tadbiri Navoiy shahar Adliya bo`limi va shahardagi tashkilotlar ishtirokida "sariq" toifaga kiritilgan “Zarafshon” MFY hududida tashkil etildi.
Tadbirda Adliya bo‘limi tomonidan mahalla ahli uchun qonunchilikdagi yangiliklar inson huquq va erkinliklari himoyasi, ushbu yo‘nalishda qonunchilikni yanada rivojlantirish masalalari, inson huquq-erkinliklarini himoya qilishda nazoratni amalga oshiruvchi organlarning roli yuzasidan tushuntirishlar berilib ishtirokchilarga korrupsiya millat zavoli ekanligi unga faqat birgalikda kurashishimiz lozimligi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hissini shakllantirish yo‘nalishida tegishli tushunchalar berib o‘tildi.
Assalomu alaykum, qadrli qiziltepaliklar, aziz ustozlarim.
Bugun Qiziltepada tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i sifatidagi faoliyatimni yakunlar ekanman, o‘tgan davr mobaynida men bilan yelkama-yelka turib, tumanda yagona huquq siyosatni yuritishda xizmat qilgan barcha hamkasblarimga o‘zimning samimiy minnadorligimni bildiraman.
Qariyb 7 yil davomida Siz, aziz Qiziltepa ahli bilan ishlaganimdan xursandman. Mehnatda sinalgan, qadri baland, tanti bu yurt insonlari mening hayotimda o‘zining unutilmas o‘rniga ega.
Faoliyatim davomida ushbu xalq orasida kimningdir og‘irini yengil, biror muammosini hal qilib, xursand qila olganimni o‘ylab yanada g‘ururlanaman.
Shu o‘rinda, faoliyatim davomida meni qo‘llab-quvvatlagan barcha tuman ahliga ta’zimdaman. Umrimning o‘tgan bu 7 yili aslo yodimdan chiqmaydi va bu onlarni doimo eng faoliyatimdagi eng yaxshi yillar sifatida qadrlayman.
Barchangizni xonadonlaringizga tinchlik, xotirjamlik, o‘zingizga sihat-salomatlik tilayman.
Barchangizga katta rahmat!
Abduvali ASADOV
Navbahor tumani hokimligi kichik majlislar zalida tashkiliy yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda tuman Adliya bo'limida faoliyat yuritgan Elbek Fayzullayev Qiziltepa Adliya bo'limi boshlig'i lavozimiga ishga o'tganligi sababli Qiziltepa tumani Adliya bo'limi boshlig'i Abduvali Asadov Navbahor tumani Adliya bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tashkiliy yig'ilishda tuman hokimi Azamat O'roqov, tuman xalq qabulxonasi mudiri Ilhom Razzoqov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Uyg'un Shukurov, tuman soliq inspektsiyasi boshlig'i Sherali Berdiyevlar, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillar, nuroniylar vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu yig'ilishda Asadov Abduvali Toshovichga tuman aholisini roziligini olishdagi faoliyatiga yuksak ishonch bildirildi.
Rossiyalik ishbilarmon G’ozg’onda 20 daqiqada xorijiy korxonasiga asos soldi.
Ma’lumki, qaysi bir investor kelmasin, u albatta o‘z biznesini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Demak, xorijlik ishbilarmonning birinchi galda kiradigan manzili bu Davlat xizmatlari markazidir. G’ozg’on shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazidan rossiyalik investor MIXAIL MOXOV "ATLANT STONE" MCHJni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu hamkor tog'-kon sanoatida marmar va granit toshlariga ishlov berishni yo'lga qo'ymoqchi.
Markazda investorga "yashil yo‘lak" tamoyili asosida xizmat ko‘rsatildi.
Navoiy viloyatidagi chegara va chekka hududlarida joylashgan va “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda yashovchi aholi uchun huquqiy- madaniy targ'ibot tadbirlarini o'tkazish rejasiga muvofiq tadbirlar tumandagi mahallarda start oldi.
Bugungi targ'ibot tadbiri Uchquduq tuman Adliya bo`limi va tumandagi tashkilotlar ishtirokida "sariq" toifaga kiritilgan “Do‘stlik” MFY hududida tashkil etildi.
Tadbirda Adliya bo‘limi tomonidan mahalla ahli uchun qonunchilikdagi yangiliklar inson huquq va erkinliklari himoyasi, ushbu yo‘nalishda qonunchilikni yanada rivojlantirish masalalari, inson huquq-erkinliklarini himoya qilishda nazoratni amalga oshiruvchi organlarning roli yuzasidan tushuntirishlar berilib ishtirokchilarga korrupsiya millat zavoli ekanligi unga faqat birgalikda kurashishimiz lozimligi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hissini shakllantirish yo‘nalishida tegishli tushunchalar berib o‘tildi.
Adliya vaziri yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi
Bugun, 17-dekabr kuni “Yoshlar forumi-2024” doirasida adliya vaziri Akbar Toshqulov yoshlar bilan uchrashdi.
Tadbirda 250 nafardan ortiq adliya tizimidagi yoshlar, oliy taʼlim muassasalari talabalari, akademik litsey va texnikum oʻquvchilari ishtirok etdi.
Akbar Toshqulov Adliya vazirligi faoliyat yoʻnalishlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, istiqboldagi rejalar haqida taqdimot qildi hamda yoshlar bilan oʻzining kasbiy va hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
Ochiq muloqot formatida boʻlib oʻtgan uchrashuvda yoshlar bir qator takliflarni ilgari surdi hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollarini toʻgʻridan-toʻgʻri vazirga yoʻllashdi.
Faol ishtirokchilarga Adliya vazirligining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi, ma’naviyat va ma’rifat markazi, 0‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi hamda “0‘zbekkonsert” davlat muassasasining viloyat bo’limi, Oliy ta’lim muassasaiari professor- o’qituvchilari bilan hamkorlikda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 17- oktabrdagi PF-53- sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “Konstitusiya - erkin va farovon hayot garovi” degan bosh g‘oya ostida “Konstitusiya-dunyoviy davlat kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyat yozuvchilar uyushmasi, adliya boshqarmasi , viloyat MIB, MV huzuridagi jamoatchilik kengashi yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi. Tadbir davomida safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilariga bukletlar tarqatildi.
Joriy yilni 14-dekabr kuni Konimex tumani 22-sonli maktabida Konimex tumani Adliya faxriylar kengashi, konimex tuman adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazi tomonidan yoshlar agentligi hamkorligida o'qituvchi va o'quvchi yoshlar bilan korrupsiyani oldini olish maqsadida "#MUVAFFAQIYATGA_ELTUVCHI_YO'L" mavzusiga davra suhbati o'tkazildi.
“Huquqiy mahalla loyihasi” doirasida fuqarolarni rozi qilish, shuningdek, muammolariga huquqiy ko’mak berish maqsad qilingan.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi ish yurituviga “FAR-VAB” MCHJ ishonchli vakilining kompaniya tegishli bo‘lgan “ПАРЛАМЕНТ/PARLIAMENT” tovar belgilariga o‘xshash belgidan foydalangan holda “PARLAMENT” nomi ostida ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari Navoiy shahar Markaziy dehqon bozori hududidagi “A.G.” MCHJga tegishli savdo do‘konida sotilayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati kelib tushgan.
Mazkur murojaat asosida o‘tkazilgan o’rganishlar davomida viloyat hududidagi “A.G.” MCHJga tegishli savdo do‘konida “PARLAMENT” nomi ostida ishlab chiqarilgan kontrafakt dori vositalari savdosi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga “Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to’g’risida”gi taqdimnoma kiritilib, savdoda mavjud kontrafakt mahsulotlar yo’q qilindi.