Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

19
"Men ziyo ulashaman"

Navoiy shahar adliya bo'limi Davlat xizmatlari markaziga O'zbekiston Davlat Filarmoniyasi Navoiy viloyat bo'limi xodimlari  "Ziyo ulash" loyihasida ishtirok etish uchun keldilar. Filarmoniya san'atkorlari kitob almashdilar, shuningdek, markazdan davlat xizmati olayotgan fuqarolarga tarmoqlarda mashhur bo'gan xonanda Shaxzod Yuldashev va san'atkorlar jonli ijroda qo'shiqlar ham armug'on etdilar

19
Nurota tuman adliya bo'limiga yangi rahbar tayinlandi

Nurota tuman adliya bo'limiga yangi rahbar tayinlandi 

18
Mahallamda jinoyatchilik boʼlmaydi

Qiziltepa tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi MFY dagi xotin-qizlar faollari bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ma’sullar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

18
#huquqiy_mahalla

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning fevral oyida  “Qiziltepa” tuman “Ayronchi” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etildi.    
"Ayronchi" MFY dagi 100dan ortiq xonadonda uyma-uy yurish orqali murojaatlar aniqlanib, adliya bo‘limi ish yurutuviga qabul qilindi. Bundan tashqari, Davlat xizmatlari bo‘limi tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib,  fuqarolar Mobile-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

18
“Sirdaryo tajribasi”ni tatbiq etish

Adliya vazirligi tomonidan hududiy adliya organlarida 2025-yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarni (KPI) bajarishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan masalalar, adliya bo‘limlari faoliyatida “Sirdaryo tajribasi”ni tatbiq etishning tashkiliy va amaliy jihatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

ZOOM platformasi orqali onlayn tashkil etilgan seminarda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari va boshqarma bo'lim boshliqlari, hududiy adliya bo'limlari boshliqlari ishtirok etdi.

Seminarda  maqsadli ko‘rsatkichlar erishish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, alohida ahamiyat qaratish zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

18
Navoiy shahar adliya bo'limiga yangi rahbar tayinlandi

Navoiy shahar adliya bo'limiga yangi rahbar tayinlandi 

17
"Men ziyo ulashaman"

Adliya vazirligi tashabbusida o'tkazilayotgan "Ziyo ulash" loyihasi Navoiyda ham chelenj shaklida ko'pchilik e'tiborini tortdi. Navoiy shahar adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazidagi kitob jovoniga notariuslar Karim Muqimov va Firdavs Tursunovlar ham o'zlari sevib mutolaa qilgan kitoblarini qo'yib, ziyo ulashdilar.

15
Maʼmuriy amaliyot markazi ish boshladi

So‘nggi yillarda yurtimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi.

14
Navoiy yuridik texnikumida giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Navoiy yuridik texnikumida giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Navoiy yuridik texnikumi va Innovatsiyalar universiteti yoshlari o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

14
“Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji: Navoiy yuridik texnikumi ham ishtirok etmoqda

Respublikamiz bo‘ylab milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida “Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji keng miqyosda o‘tkazilmoqda. Ushbu tashabbus milliy liboslarimizning go‘zalligini targ‘ib qilish, ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yana bir bor namoyon etish hamda milliy o‘zligimizni his etish uchun ajoyib imkoniyatdir.