Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

23
NAVOIY ADLIYA ORGANLARI TIZIMIDA UMUMMILLIY XALQ HASHARI

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo`lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.
Navoiy viloyat adliya organlari tizimida ham hashar davomida uchastkalarda уerlarni chopish, daraxtlarga shakl berish, bardyurlarni oqlash, supurish, chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqish binolar va xonalarni tozalash ishlari qizg‘in amalga oshirildi.

23
#odam_savdosi_profilaktikasi

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi, Respublika inson huquqlarini himoya qilish ( Ombudsman) Navoiy viloyat markazi, IIB hamda RIAM "Istiqbolli avlod" Navoiy viloyat bo'limi  hamkorligida odam savdosiga qarshi kurashish bo'yicha huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda odam savdosi illati, uning ko'rinishlari va ko'p uchrayotgan turlari haqida ma'lumot berilib, 2025-yil 19-mayda qabul qilingan O'RQ-1065-sonli qonun mazmun-mohiyati to'g'risida huquqiy tushunchalar berildi.

22
Navoiy yuridik texniklumida joriy yilning 22-iyulida 2024/2025 o’quv yili bitiruvchilariga diplom tarqatish marosimi bo’lib o’tdi.

Navoiy yuridik texniklumida joriy yilning 22-iyulida 2024/2025 o’quv yili bitiruvchilariga diplom tarqatish marosimi bo’lib o’tdi.

Davlatimiz madhiyasi bilan boshlangan, bayramona o'tgan mazkur tadbirda Adliya boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari D.Xusanov, Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i   F.To’xtayev, Navoiy viloyati Notarial palatasi raisi V.Saatov  hamda yuridik texnikum rahbariyati bitiruvchilarga huquqshunoslik diplomlarini topshirishdi.

21
Huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish

Navoiy shahar adliya bo'limi tomonidan 11-sonli JIEMda qonunchilikdagi yangiliklar va o'zgarishlar haqida simenar o'tkazildi. Unda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining  “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmoni va “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ijtimoiy tarmoqlarda kenga tarqalayotgan kiberjinoyatlar, firibgarlik, tovlamachilik jinoyatlari hamda internet, veb-saytlar va soxta internet dasturlarida zoʼravonlikni targʼib qiluvchi turli buzgʼunchi gʼoyalardan asrash boʼyicha ham  tushuntirishlar berildi.

17
Adliya “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filialida

Adliya vazirligi tomonidan tatbiq etilgan “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tadbirning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik me’yorlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ishtirokchilarga xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, mehnat ta’tili huquqi va boshqa muhim jihatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, soha vakillarining mehnat qonunchiligiga oid fikr-mulohazalari muhokama qilinib, qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflari olindi.

16
Adliya vaziri o'rinbosari Maxmud Istamov Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning huquqiy muammolarini o'rganmoqda.

Adliya vaziri o'rinbosari Maxmud Istamov Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning huquqiy muammolarini o'rganmoqda.

Hududdagi tadbirkorlarning huquqiy muammolarini o'rganish maqsadida  tashkil etilgan uchrashuv tadbirkorlar uchun manfaatli bo'ldi. Navoiy shahrida bo'lib o'tgan muloqot davomida ular bir qator takliflar va masalalarning ijobiy yechimiga huquqiy ko'mak so'rashdi.

Xususan, davlat xizmatlari markazlarida reklama joyi pasportini olish, kredit tarixini yaxshilish, ijara to'lovlarini amalga oshirishda imtiyoz qo'llash, mulkiy munosabatlarga oid murojaatlar shular jumlasidan.

14
Qaror loyiha targ'iboti notarial idoralar kesimida amalga oshirildi

AQaror loyiha targ'iboti notarial idoralar kesimida amalga oshirildi

11
Qaror loyiha muhokamasi yuzasidan amaliy-seminar tashkil etildi

Qaror loyiha muhokamasi yuzasidan amaliy-seminar tashkil etildi

10
Qaror loyihasi bo'yicha so'rovnoma o'tkazilmoqda

Qaror loyihasi bo'yicha so'rovnoma o'tkazilmoqda 

09
"Ziyokor"da sayyor qabul

"Ziyokor"da sayyor qabul