Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

21
BIZ BIRGAMIZ...

Navoiy shahar markaziy bozorida "Biz birgamiz" ijtimoiy loyihasi doirasida savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi hamda O‘zbekiston Nogironlar jamiyati viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbir yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda emasligining yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Yarmarkadan ko‘zlangan asosiy maqsad — nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish va tadbirkorlik intilishlarini rag‘batlantirishdan iborat.

Zero, birgalikda qilingan har bir ezgu qadam ko‘ngillarga quvonch, hayotga esa yangi umid bag‘ishlaydi.

20
Siz bilgan "Navoiy_adliya" endi yangi formatda!

????https://t.me/Navoiy_justice

Biz huquqiy targ‘ibot va xizmatlar sifatini yangi bosqichga ko‘taryapmiz.

Rasmiy ma’lumotlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va tezkor huquqiy ko‘mak yagona rasmiy kanalimizga ko‘chmoqda.

✅Eski guruhdan rasmiy kanalimizga o‘ting!

O‘z huquqlaringizni kafolatli himoya qilish va adliya tizimidagi eng so‘nggi islohotlarni kuzatib borish uchun "Obuna bo‘lish" tugmasini bosing:

✅ [https://t.me/Navoiy_justice] Hoziroq obuna bo‘ling!

19
ADLIYA BO`LIMI BOSHLIG`I IJTIMOIY REESTRDA RO`YHATDA TURGAN AHOLI BILAN UCHRASHDI.

Navbahor tuman adliya bo`limi tomonidan "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida "O`zbekiston" mahallasida yashovchi ehtiyojmand oilalar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

         Uchrashuvning asosiy maqsadi va muhokama qilinadigan masalalar:

????  Huquqiy maslahat: Oilaga berilishi kerak bo'lgan davlat imtiyozlari, nafaqalar va subsidiyalar haqida tushuntirildi.

???? Muammolarni o'rganish: Moddiy qiyinchiliklar, hujjatlashtirish (masalan, tug'ilganlik haqidagi guvohnoma, mulk huquqi) yoki bandlik masalalari tinglandi.

✔️ Imtiyozli kreditlar va grantlar: "Kambag'al oilalar reyestri"ga kirgan fuqarolarga tadbirkorlik boshlash uchun foizsiz ssudalar yoki banklar orqali imtiyozli kreditlar ajratish tartibi tushuntirildi.

Reestrdagi oilalar bilan uchrashuv tashkil etish  bu ularning muammolarini aniqlash, ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va manzilli yordam ko‘rsatishning eng samarali usullaridan biridir.

18
8-noyabr — Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilingan kun!

????????18-noyabr — Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilingan kun!

????Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği töğrisidagi Özbekiston Respublikasining Qonuni, Davlat bayroği töğrisidagi Qonunni amalga kiritiş haqida Oliy Kengaşning Qarori hamda uning çizmasi.  (https://t.me/uzarxivs/32057)

????Uşbu hujjat bugungi kunda Özbekiston Milliy arxivida saqlanmoqda.

17
#Huquqiy_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 6-noyabrdan 6-dekabrgacha  “Pensionerlarga huquqiy yordam” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.
Xususan, Zarafshon shahar va Navbahor, Uchquduq, Nurota tuman adliya boʻlimlari tomonidan “Pensionerlarga huquqiy yordam” huquqiy aksiyasi doirasida mahallalarda hamda mehnat jamoalarida uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

✅ Ochiq muloqotlarda  pensionerlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va hal etish hamda huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

❗️ Xususan:
???? Pensiya tayinlash va uning miqdori bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarni hal etish;
????Soliq  va ijtimoiy himoya sohasidagi imtiyozlar;
???? Pensionerlarning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

????Mazkur uchrashuvlar dovamida davomida 21 nafar pensionerning murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi.

16
Қонун лойиҳаси

Қонун лойиҳаси: Янги уйларга камида 10 йиллик кафолат берилади

Ўзбекистонда кўп қаватли уйларни белгиланган муддатда топширмаган қурувчиларга ҳар бир кечиктирилган кун учун 0,01 фоиз миқдорида жарима белгилаш таклиф этилмоқда.

14
“YAŞIL MAKON”

ÇUYA MAHALLASIDA “YAŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA KÖÇAT EKIŞ IŞLARI DAVOM ETMOQDA

Nurota tumanining Çuya mahallasida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida Yoşlar işlari bölimi hamda volontyorlar iştirokida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş tadbiri ötkazildi.

Tadbir davomida mahalla hududiga manzarali daraxt köçatlari ekilib, yaşil maydonlarni kengaytiriş hamda hudud ekologik holatini yaxşilaşga qaratilgan amaliy işlar amalga oşirildi.

Prezidentning 2026-yil 23-sentabrdagi PF-206-son Farmoni ijrosi doirasida Nurota tumanida jami 716 ming tup daraxt köçati ekiş belgilangan.

Ayni kungaça tumanda 220 ming tupdan ziyod köçat ekilişi taʼminlandi.

Kökalamzorlaştiriş işlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda. Ekilgan köçatlarni parvarişlaş va ularning yaxşi rivojlanişi uçun zarur şaroitlarni yaratişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati

13
Электрон нашрларга чегирма

Қонун ҳужжатларига илмий-амалий шарҳлар ҳамда қўлланмалар эндиликда бир нуқта – sharh.lex.uz (https://sharh.lex.uz/) платформасида жамланди.

????"Aдолат" миллий ҳуқуқий ахборот маркази қонун ҳужжатларининг илмий-амалий шарҳига электрон обуна бўлиш учун чегирма эълон қилди.
Платформа орқали Сиз қуйидаги нашрларга электрон обуна бўлишингиз мумкин:

— Меҳнат кодексига илмий-амалий шарҳ;
— Оила кодексига илмий-амалий шарҳ;
— Иқтисодий процессуал кодексига илмий-амалий шарҳ;
— «Ички ишлар органлари тўғрисида»ги Қонунга илмий-амалий шарҳ;
— «Жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари тўғрисида»ги Қонунга илмий-амалий шарҳ;
— «Хотин-қизлар ва эркаклар учун тенг ҳуқуқ ҳамда имкониятлар кафолатлари тўғрисида»ги Қонунга илмий-амалий шарҳ;
— «Тезкор-қидирув фаолияти тўғрисида»ги Қонунга илмий-амалий шарҳ.

Обуна бўлиш орқали Сиз илмий-амалий шарҳларни аудио тинглаш, қонун ҳужжатларининг мазмун-моҳияти билан содда, халқчил тилда танишиш, қонун ҳужжатларини амалиётда қўллашнинг ўзига хос хусусиятлари ҳақида билим ва тажрибага эга бўласиз.

Илмий-амалий шарҳлар қонун ҳужжатларининг нормаларини тўғри тушунишга ёрдам беради.

Бундан ташқари, платформа орқали турли соҳаларга оид бўлган қўлланмалар билан бепул танишинг.
❗️Эслатма: Чегирма муддати 2026 йил 9 декабрга қадар амал қилади.

✍️Қонун ҳужжатлари илмий-амалий шарҳларига имтиёзли чегирмада обуна бўлишни унутманг.

12
#Huquqiy_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 6-noyabridan 6-dekabrigacha  “Pensionerlarga huquqiy yordam” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.
Xususan, Zarafshon shahar va  Konimex, Karmana,Tomdi, Uchquduq, Qiziltepa tuman adliya boʻlimlari tomonidan “Pensionerlarga huquqiy yordam” huquqiy aksiyasi doirasida mahallalarda hamda mehnat jamoalarida uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

✅ Ochiq muloqotlarda  pensionerlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va hal etish hamda huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

❗️ Xususan:
???? Pensiya tayinlash va uning miqdori bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarni hal etish;
????Soliq  va ijtimoiy himoya sohasidagi imtiyozlar;
???? Pensionerlarning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

????Mazkur uchrashuvlar dovamida davomida 21 nafar pensionerning murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi.

11
#biz_korrupsiyaga_qarshimiz

Adliya bo'limi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan Zarafshon shahar Favqulotda vaziyatlar bo‘limida "Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid" mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri amalga oshirildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, qonuniylik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa salbiy holatlarning oldini olishdan iborat bo‘ldi.
Ochiq muloqot davomida korrupsiya nafaqat qonunbuzarlik, balki jamoada o‘zaro ishonch, adolat va xizmat intizomiga putur yetkazuvchi illat ekani alohida ta’kidlandi. Har bir xodim o‘z xizmat vazifasiga halol va vijdonan yondashishi, berilgan vakolat va imkoniyatlardan faqat qonun doirasida foydalanishi muhimligi haqida fikrlar bildirildi.