Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

02
“Mualliflik huquqingiz buzilayotganini aniqladingizmi

????“Mualliflik huquqingiz buzilayotganini aniqladingizmi ⁉️

©️Agar ijtimoiy tarmoqlarda, masalan, YouTube, Facebook, Instagram yoki .uz domenidagi saytlarda mualliflik yoki turdosh huquqingiz buzilsa — dastlab nima qilish kerak❓

???? Agar siz ham ayni damda ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqingiz buzilayotgan bo‘lsa, yaqinroq keling — bugun biz sizga manfaatli bo‘ladigan eng muhim tavsiyalarni tayyorladik!

✅Adliya vazirligi esa har doim muallif va huquq egalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga tayyor.
Agar huquqingiz buzilgan bo‘lsa, murojaat qilishdan tortinmang. Qonun siz tomonda‼️

28
Adliya: Ochiq eshiklar kuni

✅ Нududlardagi adliya bo‘limlari o‘quvchilarni kasb-hunar sirlarnini o‘rganishga motivatsiya beradigan maskanlardan biriga aylangan. Navbahor va Uchquduq tumanlaridagi, shuningdek G'ozg'on shaharidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 9-10-sinf o‘quvchilari  Adliya bo‘limlariga sayohat qildilar.

✅ "Ochiq eshiklar kuni" tadbirida adliya xodimlari o‘quvchilarga huquqshunoslik kasbi sirlari, davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari turlari, FHDY hamda YXKM faoliyati, shuningdek, mustaqil tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha kerakli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

✅ Shuningdek, yoshlarga qununchilikdagi yangiliklar, ular uchun mavjud imtiyoz va qulayliklar xususida so‘z yuritildi.

27
Navoiy garnizonida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida tadbir o‘tkazildi

Navoiy garnizonida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida tadbir o‘tkazildi

✅ Joriy yilning 26-fevral kuni Navoiy garnizonidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida "Korrupsiya davlat va jamiyat rivoji uchun katta xavf" mavzusiga huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

✅ Tadbirda Navoiy harbiy prokurori adliya polkovniki J.Urinov, Navoiy viloyati adliya boshqarmasi sho'ba boshlig'i S.Xusanov hamda Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi hamda a'zolari ishtirok etdi.

❗️Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati, shuningdek,

26
HUQUQIY KO`MAK: ADLIYA - MAHALLADA, ADLIYA - UYINGIZDA

“Fuqaro – mahalla – adliya” tizimi asosida Navbahor tuman adliya bo`limi va “Madad” NNT malakali xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining  “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 05.01.2026 yil PQ-1-sonli qarori talablari ijrosini ta`minlash maqsadida tumandagi jinoyatlar soni oshgan "qizil" toifadagi “Qorovultepa”, “Yangiobod”, “Chorvoqguzar”, “Yangihayot” mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan "mahallabay" huquqiy targ`ibot tadbirlarini o`tkazish bo`yicha reja-grafik" ijrosi yuzasidan hamda nizoli oilalar soni oshgan  “Qiziloy”, “Arabsaroy”  mahallalarida manzilli va predmetli targ`ibot tadbiri bo`lib o`tdi.
       ⚪️ Targ`ibot tadbirida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatlardan xoli hududga aylantirish borasida ko`rsatmalar berildi.
       ⚪️ Shuningdek, mazkur jinoyatlar haqida qisqacha tushunchalar berib o`tilib, jinoyatning o`g`irlik, bezorilik, qasddan badanga yengil shikast yetkazish kabilarning sodir etilishiga sabab bo`layotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko`rish yuzasidan profilaktik suhbatlar ham olib borildi.
       ⚪️ Nizoli oilalarda yuzaga keladigan masalalar, meros, oila, nikoh masalalari, yer va mol mulk masalalari, ijtimoiy reestrda turgan fuqarolarga bepul yuriik xizmat ko`rsatish tartibi va bepul advokat bilan ta’minlash masasalari haqida ham bartafsil tushuncha berildi.

25
Adliya: Ochiq eshiklar kuni. Zarafshon

Нududlardagi adliya bo‘limlari o‘quvchilarni kasb-hunar sirlarnini o‘rganishga motivatsiya beradigan maskanlardan biriga aylangan. Zarafshon shahar 14-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 9-10-sinf o‘quvchilari  Adliya bo‘limiga sayohat qildilar.

✅ "Ochiq eshiklar kuni" tadbirida adliya xodimlari o‘quvchilarga huquqshunoslik kasbi sirlari, davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari turlari, FHDY hamda YXKM faoliyati, shuningdek, mustaqil tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha kerakli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

✅ Shuningdek, yoshlarga qununchilikdagi yangiliklar, ular uchun mavjud imtiyoz va qulayliklar xususida so‘z yuritildi.

23
Kontrafakt mahsulotlardan himoyalanish va unda tovar belgisining ahamiyati

Bozor iqtisodiyoti sharoitida halol raqobat, iste’molchi huquqlarini ta’minlash va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifalardan biridir. Afsuski, kontrafakt mahsulotlar muammosi ushbu jarayonlarga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda. Soxta yoki noqonuniy ravishda ishlab chiqarilgan mahsulotlar nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligiga ham tahdid soladi. Shu bois kontrafaktga qarshi kurashish masalasi davlat, biznes va jamiyatning umumiy sa’y-harakatini talab etadi.

23
Adliya: Ochiq eshiklar kuni

Нududlardagi adliya bo‘limlari o‘quvchilarni kasb-hunar sirlarnini o‘rganishga motivatsiya beradigan maskanlardan biriga aylangan. Tomdi tumani 15-sonli maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari adliya bo‘limiga sayohat qildilar.

????"Ochiq eshiklar kuni" tadbirida adliya xodimlari o‘quvchilarga huquqshunoslik kasbi sirlari, davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari turlari, FHDY hamda YXKM faoliyati, shuningdek, mustaqil tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha kerakli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

????Shuningdek, yoshlarga qununchilikdagi yangiliklar, ular uchun mavjud imtiyoz va qulayliklar xususida so‘z yuritildi

20
Navoiy viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarma jamoasiga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasi hamda qonunchilikka kiritilayotgan o'zgartirishlar, shuningdek zamonaviy menejment va boshqaruv xususida ma’lumotlar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning siyosiy savodxonligini oshirish, ularni mamlakat va dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida xabardor qilib borishdan iboratdir.
Shuningdek, tadbir so'ngida adliya boshqarmaning “Teambuilding” dasturi doirasida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining Navoiy viloyati hududiy

19
ОИЛА МУҚАДДАС ДАРГОХ!

Навбаҳор туманида  ижтимоий-маънавий муҳитни яхшилаш, оилавий ажримларни олдини олиш, нотинч ва низоли оилалардаги муаммоларни ўрганиш ва ҳал қилиш, ота-оналарнинг фарзанд тарбиясидаги масъулиятини ошириш мақсадида "Оила масканида" туман ҳокими ўринбосари, Оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Гуллола Эргашева, туман ФХДЁ бўлими бошлиғи Ю.Аролова ва имом хатиб ва отинойилар иштирокида  маҳаллалардаги низоли ва ажрим ёқасидаги оилаларнинг яраштириш мухокамаси бўлиб ўтди.
Жараёнда оилаларнинг ўзаро келишмовчилик сабаблари ўрганилди, томонларнинг фикрлари эшитилди, оилаларга оила мукаддаслиги тушунтирилди.

18
Adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2025-yilning o'tgan davri davomida boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo'limlarining o'tgan yil davomidagi faoliyat samaradorligi tahlil qilindi.

Bundan tashqari, mavjud kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.