Yangiliklar
Navoiy shahar adliya bo'limi tomonidan 11-sonli JIEMda qonunchilikdagi yangiliklar va o'zgarishlar haqida simenar o'tkazildi. Unda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmoni va “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ijtimoiy tarmoqlarda kenga tarqalayotgan kiberjinoyatlar, firibgarlik, tovlamachilik jinoyatlari hamda internet, veb-saytlar va soxta internet dasturlarida zoʼravonlikni targʼib qiluvchi turli buzgʼunchi gʼoyalardan asrash boʼyicha ham tushuntirishlar berildi.
Adliya vazirligi tomonidan tatbiq etilgan “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tadbirning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik me’yorlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ishtirokchilarga xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, mehnat ta’tili huquqi va boshqa muhim jihatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, soha vakillarining mehnat qonunchiligiga oid fikr-mulohazalari muhokama qilinib, qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflari olindi.
Adliya vaziri o'rinbosari Maxmud Istamov Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning huquqiy muammolarini o'rganmoqda.
Hududdagi tadbirkorlarning huquqiy muammolarini o'rganish maqsadida tashkil etilgan uchrashuv tadbirkorlar uchun manfaatli bo'ldi. Navoiy shahrida bo'lib o'tgan muloqot davomida ular bir qator takliflar va masalalarning ijobiy yechimiga huquqiy ko'mak so'rashdi.
Xususan, davlat xizmatlari markazlarida reklama joyi pasportini olish, kredit tarixini yaxshilish, ijara to'lovlarini amalga oshirishda imtiyoz qo'llash, mulkiy munosabatlarga oid murojaatlar shular jumlasidan.
AQaror loyiha targ'iboti notarial idoralar kesimida amalga oshirildi
Qaror loyiha muhokamasi yuzasidan amaliy-seminar tashkil etildi
Qaror loyihasi bo'yicha so'rovnoma o'tkazilmoqda
"Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati" huquqiy aksiyasi Uchquduqda
Notarial faoliyatni yanada takomillashtirish bo'yicha qaror loyihasi navoiyliklar muhokamasida