Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

08
“E’TIBOR MARKAZI”DA - “NAQDSIZ HISOB-KITOBNI AMALGA OSHIRISH” MAVZUSI

Prezidentning 10.12.2025 yildagi PF-246-son Farmoniga muvofiq, 2030 yilga borib Oʼzbekistonda kuzatib boʼlmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 barobarga qisqartirish, savdo va xizmat koʼrsatish sohasida aholining naqd pulsiz toʼlovlarini 75 foizga, rasmiy band boʼlganlar ulushini esa 64 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Yana bir maqsad – iqtisodiy erkinlik va korrupsiyani qabul qilish boʼyicha xalqaro reytinglarda kamida 30 pogʼonaga koʼtarilish.

Qatʼiy vositalar tanlangan – majburiy naqd pulsiz hisob-kitoblar, yagona QR-kod orqali nazorat va soliq maʼmuriyatchiligini kuchaytirish.

08
YURT TINCHLIGI AVVALO OILADAN BOSHLANADI

Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi.

✍️ Abdurauf  FITRAT

⚖️ "Ijtimoiy profilaktika haftaligi" va har haftaning chorshanba kuni "Yosh oilalar bilan ishlash kuni" doirasida Navbahor tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi tomonidan PQ-1  va "Nizoli oilalar bilan ishlash"  doirasida Navbahor tuman adliya bo'limi va  FHDY organi xodimlari  tomonidan Navbahor tumani "Oila maskani"da  nizoli oilalar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
     
Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi.

07
#huquqiy_aksiya

  Adliya vazirining buyrug'iga muvofiq 2026-yil 12-martdan 12 aprelga qadar "Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari" huquqiy aksiyasi o'tkazilishi ko'rsatilgan.

✅Navbahor tumani adliya bo'limi  tashabbusi bilan  tumanning yangi tashkil etilgan "Kelajak markazi" binosida aholi o'rtasida "Huquqiy maslahat beramiz" nomi ostida ochiq muloqot  tashkil etildi.  Xotin-qizlarlarni qiynab keladigan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib berishda amaliy yordam ko'rsatildi. Shu munosabat bilan, Xotin-qizlar uchun imtiyozli kredit ajratish, ayollar tadbirkorligi, ularning mehnatda kamsitilishini ta'qiqlash, ish vaqtidan tashqari ishlash, homilaqorlik va tug'ish ta'tillari berish tartibi, aliment undirish, ular uchun qonunchilikda belgilangan qo'shimcha kafolatlar hususuda ham amaliy yordam berilmoqda.

???? Mamlakatimizda "Xotin-qizlarga huququy ko`mak"  nafaqat mart-aprel oiyida, balki butun yil davomida amalga oshiriladi.

07
#HUQUQIY_AKSIYA

Adliya vazirining buyrug‘iga muvofiq 2026-yil 12-martdan 12-aprelga qadar "Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari" huquqiy aksiyasi o‘tkazilishi korsatilgan.

????️ Karmana tuman adliya hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi mas‘ullari bilan hamkorlikda  shaharning "Do'stlik" mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiladigan xotin-qizlar uchun "Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari" nomi ostida sayyor qabul va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. 
Xotin-qizlarlarni qiynab keladigan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
        Shuningdek, “Xotin-qizlarga berilgan imtiyozlar" to‘g‘risida  tarqatma materiallar tarqatildi.

???? Barcha xotin-qizlarni huquqiy aksiya tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlamiz.

07
MUROJAATCHILARNING MUROJAATI IZIDAN

Mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi qadimdan qadrlanib kelingan oliyjanob fazilatlar borki, bu xalqimizning azaliy an’analarini o‘zida namoyon etadi.
  ✅Navbahor tumani adliya bo`limi boshlig`i Abduvali Asadov "Qiziltepa" mahallasida o`tkazilgan sayyor qabul davomida murojaat qilgan aholi bilan uchrashdi, yashash xonadonida bo`lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
⚪️Tashrif davomida mahallada istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa avlod vakillari, nogiron va yakka-yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar holidan xabar olinib, ularga huquqiy maslahatlar berildi.

???????? Shuningdek, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturiga asosan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirib, mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, xonadon egalarini daromadlarini oshirish bo`yicha ham tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

   ????    Adliya tomonidan joylarda aholi murojaatlarini oʻrganish, xalq bilan ochiq muloqot oʻrnatish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratildi, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha  mutasaddilarga tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

06
3 SOATDAN ORTIQ DAVOM ETGAN SAYYOR QABUL

Har bir murojaat — e’tiborda.

✅ Har bir insonning murojaati ortida uning hayotiga daxldor muhim masalalar, kundalik tashvishlar va yechimini kutayotgan muammolar mujassam. Ba’zan bu oddiy maishiy masala bo‘lishi mumkin, ba’zan esa yillar davomida hal etilmagan murakkab muammo. Shu bois murojaatlarga befarq qaramaslik, ularni chuqur o‘rganib, adolatli yechim topish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

????Murojaat qachon qanoatlantirilgan deb hisoblanadi? Albatta, u belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, unda ko‘tarilgan har bir masalaga asosli va aniq javob berilgandagina. Bu jarayonda mas’ul xodimlardan yuksak mas’uliyat, halollik va fidoyilik talab etiladi. Shu bilan birga, murojaat qiluvchi fuqarolardan ham murojaat madaniyatiga rioya qilish, masalani aniq va asosli bayon etish muhim ahamiyat kasb etadi.

06
#adliya_xabari

Navbahor tuman adliya bo'limi,FHDY bo'limi tomonidan PQ-1  va "Nizoli oilalar bilan ishlash"  doirasida Navbahor tuman adliya bo'limi FHDY mudirasi Y.Aralova tomonidan Navbahor tumani "Oila maskani"fa  nizoli oilalar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
     
Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi.

03
NAQD PULSIZ HISOB-KITOB AMALGA OSHIRILISHI FUQAROLAR UCHUN QAY DARAJADA QULAY...?

Mamlakatimiz rahbarining 2025-yil 10-dekabrdagi 246-son farmoni hisob-kitoblarni amalga oshirishda yangi bosqichni boshlab berdi.
????Mazkur farmon ijrosi yuzasidan  Navoiy viloyati notariuslari respublikada birinchilardan bo'lib notarial harakatlarni amalga oshirdi.
Bugun Navoiy telekanalining "Jamiyat va qonun" teledasturida Adliya boshqarmasi vakillari va xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar intervyusi orqali farmon mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

03
#Yoshlar_kuni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-sonli qaroriga muvofiq  nikohlanuvchi yoshlarga hayotiy muhim saboqlar berib borilishi Uchquduq tumanida ham yo'lga qo'yilgan.

Tumanda tashkil etilgan mazkur o'quvda tuman hokimi o'rinbosari N.Najmiddinova, tuman bosh otinoyisi O.To‘raqulova, tuman  “Oqila ayollar” harakati  a'zosi Sh.Sharipova, tuman Adliya bo'limi mutaxassisi S.Rajabova, tuman tibbiyot birlashmasi "Salomatlik markazi"rahbari  G.Kojaxmetovalar  ishtirok etdi.

Ular tomonidan   nikohlanuvchi yoshlarga sog‘lom oila qurish, oilaviy mas’uliyat, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi va huquqiy bilimlar yuzasidan amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi hamda oila muqaddas dargoh ekani, unga hurmat, fidoyilik va sabr-toqat bilan yondashish kerakligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

03
Navoiyda DXMlardan yana bir yangilik

Bugungi kunda DXMlarda 500dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda. Shu bois, markazlarga fuqarolar tashrifi ortgan.Bunday paytda navbat bilan bog'liq masalalar yuzaga kelishi tabiiy hol. Navoiy viloyatida ana shunday vaziyatlarda markazga xizmat olish uchun kelgan fuqarolarga yana bir qulaylik taklif etilmoqda. Mazkur amaliyot bilan videolavhada batafsil tanishishingiz mumkin.