Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmoni va “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarori ijrosini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman adliya bo`limi boshlig`i A.Asadov, YXKM xodimlari, mahalla raisi tomonidan tumandagi "Sarbozor" mahallasidagi kam ta’minlangan U.Bekmurodova, M.Axmedova, N.Egamberdiyeva oilalaridan xabar olinib, mustaqillikning 34 yillik bayrami munosabati bilan muroborakbod etib, yosh avoldga o‘qib o‘rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi yuzasidan tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Adliya vazirligida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Unda vazirlik rahbariyati, adliya organi va muassasalarining rahbarlari hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida adliya vaziri Akbar Tashkulov barchani qutlug' ayyom bilan samimiy tabrikladi. Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan adliya tizimi xodimlarining bir guruhi davlat mukofotlariga sazovor bo'lganligi eʼtirof etildi.
Shuningdek, Adliya vazirligi tizimida o'z samarali mehnati bilan yagona huquqiy siyosatni amalga oshirishga qo'shib kelayotgan hissasi uchun bir guruh xodimlar qatori Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i U.Abdullayev ham taqdirlandi.
‘‘Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!’’ bugun bu shior respublikamiz bo‘ylab baralla yangramoqda.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasida ham mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida yurt tinchligi, vatan sarhadlari barqarorligi,mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida so‘z yuritilib, huquqiy islohotlar adliya organlarining o‘rniga to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng bayram munosabati bilan tizim xodimlarining bir guruhi Adliya vazirligi va boshqarmaning faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Prezident: har bir yutuq va natija, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta'minlashga xizmat qilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi (https://t.me/adliyangiliklari/21240).
Toshkent shahrida 27-avgust kuni ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o'tdi (https://president.uz/uz/lists/view/8428). Mazkur marosimda adliya vaziri Tashkulov Akbar Djurabayevich "Do‘stlik" ordenini shaxsan davlatimiz rahbaridan qabul qilib oldi.
Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida Navoiy viloyati adliya boshqarmasi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda davlat tashkilotlari hamkorligida davra suhbati tashkil etilmoqda.
Navbatdagi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Navoiy viloyati boshqarmasida bo‘lib o‘tdi. Unda xodimlar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
Tadbirda oila huquqi, shukronalik, oila budjeti, nikoh, hamda mas’uliyatli ota-onalik kabi hayotiy mavzular muhokama qilindi.
Bunda oilaviy qadriyatlarning qonunchilik bilan mustahkamlanishi, nikoh munosabatlari, farzand tarbiyasida ota-onaning roli, har ikkala tomonning huquq va burchlari e'tibor markazida bo'ldi.
Uchquduq tumani adliya bo'limi xodimlari tomonidan “Korrupsiya taraqiyyot kushandasi!” mavzusida tuman tibbiyot birlashmasi va mahallalarda targ'ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi hamda korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida xodimlar va bemorlar orasida anonim so‘rovlar o‘tkazildi.
Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlar hamda qonun osti hujjatlari, korrupsiya alomatlari, uning yuzaga kelish sabablari, bartaraf etish yo'llari xususida so'z yuritildi.
Mas'ullar tomonidan o'z faoliyati davomida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashish, o‘ziga yuklatilgan funksional xizmat vazifalarini qonun talablari asosida bajarish, har qanday noqonuniy harakat javobgarlikka asos bo'lishi haqida yig'ilganlarga tushuncha berildi.
Ayni kunda yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan hujjatlar tufayli korxona va tashkilotlardagi xodimlarning mehnat munosabatlaridagi huquqi buzilishining oldi olinmoqda. Shuningdek, sudlarga xodimlarning ish beruvchi ustidan shikoyati ham kamaygan.
Biroq, ayrim tashkilotlar, masalan ta’lim tizimida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish borasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish zarur. Chunki, huquqiy bilimsizlik mehnat munosabatlariga darz yetkazadi. Masalan, umumta’lim maktablarida har yili dars taqsimoti borasida turli ko‘ngilsiz voqealar jamoatchilikkacha yetib boradi. Yashirishga hojat yo‘q, pedagoglarning dars soatlarini ko‘proq olishi uchun noqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan turli mish-mishlar ham oralaydi. Xullas, huquqiy bilimsizlik tufayli juda xunuk oqibatlar yuzaga kelishi mumkin. Xo‘sh, dars taqsimlash tartibi o‘zi qanday? Dars taqsimoti uchun qonunchilikda asos berilganmi?.